Gmail Bot'ning maxfiylik siyosati
Telegram Uzbekistan🇷🇺 Версия на русском языке ниже.
🇬🇧 Original version of the article in English.

Telegram'ning rasmiy maqolasining o‘zbek tilidagi talqini.
Telegram Uzbekistan tarjimasi.
1. Kirish
Ushbu Maxfiylik siyosati biz, Telegram Messenger Inc. ("Telegram"), sizning @GmailBot botimizdan (bundan buyon matnda "Bot") foydalanishingiz tufayli siz bizga bergan yoki biz tomondan boshqacha tarzda olingan yoki ishlab chiqarilgan shaxsiy ma’lumotlaringizni ishlatishimiz va himoya qilishimizni aniqlaydi. Ushbu Maxfiylik siyosatining maqsadlari uchun "biz", "bizni" va "bizning" so‘zlari Telegram'ga tegishlidir va "siz" atamasi sizga, Xizmat foydalanuvchisiga tegishlidir.
Bot Telegram Bot ekotizimining bir qismidir. Telegram xizmatlari haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Telegram Maxfiylik siyosatiga murojaat qiling.
Gmail va Gmail logotipi Google LLC kompaniyasining ro‘yxatdan o‘tgan savdo belgilaridir.
1.1. Maxfiylik tamoyillari
Shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlashda Telegram ikkita asosiy tamoyilga amal qiladi:
• Biz sizning ma’lumotlaringizdan reklamalarni namoyish qilish uchun foydalanmaymiz.
• Biz faqat Telegram'ning xavfsiz va ko‘p funktsional xabarlar xizmati sifatida ishlashi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni saqlaymiz.
1.2. YIH vakili
Agar siz Yevropa iqtisodiy hududida (YIH) joylashgan mamlakatda yashasangiz, Xizmatlar Telegram tomonidan taqdim etiladi, bu esa amaldagi ma’lumotlarni himoya qilish qonunlariga muvofiq bizning Xizmatlarimizdan foydalanganda Telegram sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz uchun ma’lumotlar boshqaruvchisi hisoblanadi. Biroq, Telegram YIH'dan tashqarida bo‘lganligi sababli, biz YIH'ga asoslangan kompaniyalarimizdan birini, Telegram UK Holdings Ltd (71-75 Shelton Street, Covent Garden, London, England, WC2H 9JQ)'ni sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashimiz bilan bog‘liq har qanday savollaringizni qabul qiladigan vakil sifatida aniqladik.
2. Shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashning huquqiy asoslari
Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni bizning qonuniy manfaatlarimizni rivojlantirish uchun (shu jumladan (1) foydalanuvchilarimizga samarali va innovatsion Xizmatlarni taqdim etish va (2) xizmatlarni taqdim qilish bilan bog‘liq firibgarlik yoki xavfsizlik muammolarini aniqlash, oldini olish yoki boshqa yo‘l bilan hal qilish uchun) zarur bo‘lgan ma’lumotlar asosida ishlaymiz. Agar ushbu manfaatlarimizdan sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilishni talab qiladigan asosiy huquq va erkinliklar va sizning manfaatlaringiz ustunroq bo‘lmasa.
3. Biz qanday shaxsiy ma’lumotlardan foydalanamiz
3.1. Asosiy Telegram-ma’lumotlar
Bot faqat Telegram aloqa xizmati orqali mavjuddir. Telegram akkauntining asosiy ma’lumotlari bilan tanishib chiqish uchun Telegram maxfiylik siyosatiga murojaat qiling.
3.2. Gmail ma’lumotlari
Bot OAuth orqali Gmail ma‘lumotlariga kirish uchun ruxsat so‘raydi. So‘rovni qabul qilganingizdan so‘ng, biz yangi elektron pochta xabarlaringizni qabul qilish va ular haqida sizni Telegram'da xabardor qilish uchun Google API'dan foydalanamiz. Siz elektron pochta xabarlariga javob berishingiz, ularni yo‘naltirishingiz, arxivlashingiz va o‘chirishingiz, shuningdek to‘g‘ridan-to‘g‘ri Telegram'dan yangi elektron pochta xabarlarini yaratishingiz va yuborishingiz mumkin. Ushbu xususiyatlarni taqdim qilish uchun biz Gmail API tokenini, bildirishnoma sozlamalarini va Gmail ekran nomini saqlaymiz. Bundan tashqari, biz kiruvchi xabarlar keshini oxirgi 7 kun davomida saqlaymiz, shunda siz ularga Telegram orqali javob berishingiz mumkin; bir haftadan ko‘proq vaqt davomida saqlangan barcha bunday keshlangan ma’lumotlar avtomatik ravishda o‘chiriladi.
4. Shaxsiy ma‘lumotlaringizni xavfsizlikda saqlash
4.1. Ma’lumotlarni saqlash
Bot bilan bog‘liq ma’lumotlar Germaniyadagi ma‘lumotlarni ishlab chiqish markazlarida asosiy Telegram-ma’lumotlardan alohida saqlanadi. Bu uchinchi tomon kompaniyalarining ma’lumotlar markazlarida ajratilgan joy Telegram tomonidan ijaraga olingan. Shaxsiy ma‘lumotlaringiz bunday ma‘lumotlar markazlariga taqdim etilmaydi.
4.2. Ushlab turish
Agar ushbu Maxfiylik siyosatida boshqasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, siz bizga taqdim etgan shaxsiy ma’lumotlar xizmatlarni taqdim qilish bo‘yicha majburiyatlarimizni bajarishimiz uchun zarur bo‘lgunicha saqlanadi.
5. Sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz kimga taqdim etilishi mumkin
5.1. Telegram kompaniyalari guruhi
Shaxsiy ma’lumotlaringizni quyidagi kompaniyalarga taqdim etishimiz mumkin: (1) Buyuk Britaniyaning Virjiniya orollarida joylashgan Telegram Group Inc bosh kompaniyamizga; va (2) Xizmatlarimizni taqdim etish, takomillashtirish va qo‘llab-quvvatlashda yordam berish uchun Dubayda joylashgan guruhning a’zosi Telegram FZ-LLC'ga. Ushbu shaxsiy ma’lumotlarning xavfsizligi va yaxlitligini himoya qilish uchun tegishli choralarni ko‘ramiz. Bu biz va bizning guruhimizning tegishli kompaniyalari o‘rtasidagi kelishuvda Yevropa Komissiyasi tomonidan tasdiqlangan standart shartnoma shartlari shaklida amalga oshiriladi.
6. Ma’lumotlarni yo'q qilish
Agar siz endi Bot'dan foydalanishni xohlamasangiz, Bot'ga / resetbot buyrug‘ini yuboring. Siz bildirishnomalarni olishni to‘xtatasiz va biz sizning Gmail pochta ma’lumotlaringizga kirish huquqimizni bekor qilamiz. Shuningdek, Gmail akkauntingizdan foydalanishimiz uchun berilgan ruxsatnomalarni quyidagi havoladagi sahifada bekor qilishingiz mumkin: https://myaccount.google.com/permissions. Ruxsat bekor qilingandan so‘ng, biz sizning Gmail-ma’lumotlaringizni 30 kun ichida serverlarimizdan o‘chirib tashlaymiz.
7. Ushbu Maxfiylik siyosatidagi o‘zgarishlar
Biz vaqti-vaqti bilan ushbu Maxfiylik siyosatini qayta ko‘rib chiqamiz va yangilaymiz. Ushbu Maxfiylik siyosatidagi har qanday o‘zgarishlar qayta ko‘rib chiqilgan Maxfiylik siyosatini quyidagi sahifada joylashtirilganidan so‘ng kuchga kiradi: www.telegram.org/privacy/gmailbot. Maxfiylik siyosatimizga kiritilgan har qanday yangilanish yoki o‘zgarishlar bilan tanishib chiqish uchun bizning veb-saytimizga muntazam ravishda tashrif buyuring, ularning qisqacha tavsifi quyida keltirilgan.
Ushbu Maxfiylik siyosatiga kiritilgan muhim o‘zgarishlar to‘g‘risida Telegram orqali xabar qilamiz.
Maqolani ulashish →
⬆️ Yuqoriga

Политика конфиденциальности Gmail Bot

Русскоязычная версия официальной статьи от Telegram.
Перевод от Telegram Uzbekistan.
1. Введение
Настоящая Политика конфиденциальности устанавливает, как мы, Telegram Messenger Inc. («Telegram»), используем и защищаем ваши личные данные, которые вы предоставляете нам или которые иным образом получены или сгенерированы нами в связи с использованием вами нашего бота @GmailBot (далее «Бот»). Для целей настоящей Политики конфиденциальности термины «мы», «нас» и «наш» относится к Telegram, а термин «вы» относится к вам, пользователю Услуг.
Бот является частью экосистемы Telegram Bot. Для получения дополнительной информации о сервисах Telegram, пожалуйста, обратитесь к Политике конфиденциальности Telegram.
Gmail и логотип Gmail являются зарегистрированными товарными знаками компании Google LLC.
1.1. Принципы конфиденциальности
При сборе и обработке личных данных Telegram руководствуется двумя основополагающими принципами:
• Мы не используем ваши данные для показа рекламы.
• Мы храним только те данные, которые необходимы для функционирования Telegram в качестве безопасной и многофункциональной службы обмена сообщениями.
1.2. Представитель ЕЭЗ
Если вы проживаете в стране, входящей в Европейскую экономическую зону (ЕЭП), Услуги предоставляются компанией Telegram, которая в соответствии с действующим законодательством о защите данных является контролёром данных, ответственной за ваши личные данные при пользовании нашими Услугами. Однако, поскольку Telegram находится за пределами ЕЭЗ, мы определили одну из наших компаний, базирующихся в ЕЭЗ, Telegram UK Holdings Ltd (71-75 Shelton Street, Covent Garden, London, England, WC2H 9JQ), в качестве представителя, которому вы можете направлять любые вопросы, связанные с нашей обработкой ваших личных данных.
2. Правовое основание для обработки ваших персональных данных
Мы обрабатываем ваши персональные данные на том основании, что такая обработка необходима для продвижения наших законных интересов (включая (1) предоставление эффективных и инновационных Услуг нашим пользователям; и (2) выявление, предотвращение или иное решение вопросов мошенничества или безопасности в отношении предоставления нами Услуг), если только эти интересы не перевешиваются вашим интересом или основными правами и свободами, которые требуют защиты персональных данных.
3. Какие личные данные мы используем
3.1. Основные Telegram-данные
Бот доступен только через службу связи Telegram. Основные данные учётной записи Telegram см. в Политике конфиденциальности Telegram.
3.2. Данные Gmail
Бот запросит ваше разрешение на доступ к данным Gmail через OAuth. После того, как вы приняли запрос, мы используем Google API для получения ваших новых сообщений электронной почты и оповещения вас о них в Telegram. Вы можете отвечать на эти письма, пересылать, архивировать и удалять их, а также создавать и отправлять новые письма прямо из Telegram. Для обеспечения этих функций мы храним токен API Gmail, настройки уведомлений и экранное имя Gmail. Кроме того, мы храним кэш входящих сообщений за последние 7 дней, чтобы вы могли ответить на них с помощью Telegram; все такие кэшированные данные, хранящиеся более недели, автоматически удаляются.
4. Сохранение ваших личных данных в безопасности
4.1. Хранение данных
Связанные с ботом данные хранятся отдельно от основных Telegram-данных в центрах обработки данных в Германии. Это дата-центры сторонних компаний, в которых Telegram арендует выделенное пространство. Мы не передаём ваши персональные данные таким центрам обработки данных.
4.2. Удержание
Если иное не указано в настоящей Политике конфиденциальности, личные данные, которые вы предоставляете нам, будут храниться только до тех пор, пока это необходимо для выполнения нами своих обязательств в отношении предоставления Услуг.
5. Кому могут быть переданы ваши персональные данные
5.1. Группа компаний Telegram
Мы можем передавать ваши персональные данные: (1) нашей материнской компании Telegram Group Inc, расположенной на Британских Виргинских островах; и (2) Telegram FZ-LLC, входящей в группу, расположенную в Дубае, с целью оказания помощи в предоставлении, улучшении и поддержке наших Услуг. Мы примем надлежащие меры для защиты безопасности и целостности этих личных данных. Это будет сделано в форме стандартных договорных условий, утверждённых Европейской Комиссией в соглашении между нами и соответствующими компаниями нашей группы.
6. Удаление данных
Если вы больше не хотите пользоваться Ботом, отправьте Боту команду /resetbot. Вы перестанете получать уведомления, и мы аннулируем наше разрешение на доступ к вашим почтовым данным Gmail. Вы также можете отозвать наши разрешения на использование учётной записи Gmail вручную здесь: https://myaccount.google.com/permissions. После отзыва разрешения мы удалим все ваши данные Gmail с наших серверов в течение 30 дней.
7. Изменения в данной Политике конфиденциальности
Мы будем время от времени пересматривать и обновлять настоящую Политику конфиденциальности. Любые изменения в данной Политике конфиденциальности вступают в силу с момента публикации пересмотренной Политики конфиденциальности на этой странице www.telegram.org/privacy/gmailbot. Пожалуйста, регулярно посещайте наш веб-сайт, чтобы ознакомиться с любыми обновлениями или изменениями в нашей Политике конфиденциальности, краткое изложение которых приводится ниже.
О важных изменениях, внесённых в настоящую Политику конфиденциальности, вы будете уведомлены посредством Telegram.
Поделиться статьёй →
⬆️ Вверх