Global Tech Week
ISFT15–17 may kunlari hududida Global Tech Week (GTW) — talabalar, startaplar, tadbirkorlar va innovatsion ekotizim vakillarini birlashtiruvchi texnologik festival bo‘lib o‘tadi.
Festival vaqti: 15:00 dan 20:00 gacha.
GTW doirasida ISFT startap madaniyati, texnologik rivojlanish va talaba loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbus va faoliyatlarini taqdim etadi. Biz talabalar uchun imkoniyatlar, amaliy tashabbuslar hamda tadbirkorlik fikrlashi va raqamli yechimlar yaratish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradigan loyihalar haqida gaplashamiz.
Shuningdek, ISFT AI Station bilan hamkorlikda maxsus hands-on sessiya tashkil qiladi:
GLOBAL TECH WEEK: From Idea to Digital Product
Sessiya davomida ishtirokchilar AI vositalari yordamida g‘oyani raqamli mahsulotga — lending, platforma, MVP yoki prototipga aylantirishni o‘rganadilar hamda vibe coding yondashuvi bilan amaliy tarzda tanishadilar.
📅 Sana: 15-may
🕙 Vaqt: 10:00–12:00
📍 Manzil: ISFT Main Building, 5-qavat, AI Station
Sizni Global Tech Week’da kutamiz!