Global Pro Consulting haqida batafsil
Global ProGlobal Pro Consulting -- chet el universitetlariga topshirib o'qishni niyat qilayotgan 8-11-sinf o'quvchilariga xizmat ko'rsatuvchi konsalting jamoasi.
Agar siz Koreya, Yaponiya, Singapur, Malayziya, Turkiya, Xitoy, Italiya, Germaniya, Polsha, Ispaniya, Avstraliya, Kanada, Buyuk Britaniya va AQSh davlatlaridagi eng zo'r universitetlarda tahsil olmoqchi bo'lsangiz va jarayon qanday kechishi haqida oz yoki umuman ma'lumotga ega bo'lmasangiz -- bu yo'lni allaqachon bosib o'tganlardan so'rashdan tortinmang.
Qaysi universitetlarga topshirishni bilmaslik, hujjatlarni qanday rasmiylashtirishni bilmaslik, motivation letter nima va u qanday yozilishi kerakligi, topshirayotgan universitetingizda grant imkoniyatlari bormi yoki yo'q, viza intervyusida nima deyish kerak – shu kabi savollarning barchasiga birgalikda javob topamiz.
Siz hujjat topshirish jarayonining xoh o'rtasida bo'ling, xoh oxirida -- jamoamiz doimo yordam qo'lini cho'zishga tayyor.
Bu xizmat haqida ko'proq bilmoqchi bo'lsangiz, @GlobalPro_adminn ga ushbu savollar javobini bergan holda murojaat qiling:
— Ismingiz?
— Nechanchi sinfda tahsil olyabsiz?
— (agar bor bo'lsa) IELTS va/yoki SAT balingiz?
— Qaysi davlatda o'qishni mo'ljallab turibsiz?
Albatta aloqaga chiqing, suhbatlashamiz, tushunarsiz joylarini tushuntirib beramiz.
Eng ko'p so'raladigan savollar:
Nega aynan 8-11-sinf o'quvchilariga yordam berasizlar?
8-11-sinf o'quvchilari bilan ishlashimizning asosiy sababi bakalavrga topshirish uchun aynan shu yillar eng muhim tayyorgarlik davri hisoblanishida.
Nimalarda yordam ko'rsatiladi?
– Hujjatlarni rasmiylashtirishda
– CV yozishda
– Motivation letter tayyorlashda
– Portfolio tuzishda -- bunda har xil loyihalarga topshirish bo'yicha yordam ko'rsatiladi
– Extracurricular activities (darsdan tashqari faoliyat)ni to'g'ri ko'rsatishda
– Viza intervyusiga tayyorgarlikda
O'zi jamoadagi studentlar qaysi universitetlarga qabul qilinishgan?
Sapienza, Bologna, NYU Shanghai, Yonsei, Duke Kunshan, Milan, Ondokuz Mayis, Xiamen, Lucerne, Illinois, Hofstra, Minnesota, Missouri, Tempus Foundation, Siena, Solbridge international school of business va boshqalar.
Universitetlarga topshirish bo'yicha xizmat ko'rsatish narxlari qanday?
Siz o'ylagandan ko'ra aaancha arzon. Bizda 18 million u yerda tursin, 12 million ham turmaydigan xizmatlar mavjud. Xususan Janubiy Koreya, Singapur, Malayziya, Turkiya va Xitoy davlatlariga topshirish narxi $500 dan; Italiya, Germaniya, Polsha, Ispaniya va Avstraliyaga $600 dan; Yaponiya, Kanada, Angliya va Amerika davlatlariga esa $700 dan boshlanadi.
Tanlov o'zingizda: tavakkalchilik qilib bir yil vaqtingizni sarflab yuborganingiz yaxshimi yoki shu yo'ldan o'tganlar tajribasiga suyangan holda ish tutmoqchimisiz?