Giyohvandlikning har qanday turiga qarshi keskin va murosasiz kurash toʻxtatilmaydi — Toshkent viloyati IIBB

Giyohvandlikning har qanday turiga qarshi keskin va murosasiz kurash toʻxtatilmaydi — Toshkent viloyati IIBB

IIBB Axborot xizmati

Viloyat boʻylab keng qamrovda oʻtkazilayotgan “Qora dori 2021” nazorat-reyd tadbirlarida yana bir katta miqdordagi giyohvandlik vositalari aylanmasiga chek qoʻyildi.

IIBB Axborot xizmati

Kecha, 23 sentyabr kuni Toshkent viloyati IIBB JQB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boʻlimi tomonidan, tezkor xodimlar bilan hamkorlikda navbatdagi tadbir o'tkazildi.

Unda, Toshkent tumani “Ibrat” MFYda yashovchi, 1976 yilda tugʻilgan D.K.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechiriladi.

IIBB Axborot xizmati

Uyining tomorqasida 11 tup “kannabis”,

IIBB Axborot xizmati

Tovuqxonasida vazni 20 kg “marixuana”,

IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati

Oshxona javonida 500 gr “koʻknor urugʻi” va 700 gr “nasha urugʻi” giyohvandlik vositalari,

IIBB Axborot xizmati

Hamda ushbu moddalar isteʼmoli uchun moʻljallangan, qoʻlbola usulda yasalgan idishlar borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.

IIBB Axborot xizmati

Hozirda mazkur holat yuzasidan qoʻshimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyati boʻylab “Qora dori-2021” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari muntazam davom ettirilmoqda.

IIBB Axborot xizmati



Report Page