Giyohvandlikning har qanday koʻrinishiga qarshi keskin va murosasiz kurash davom etadi

Giyohvandlikning har qanday koʻrinishiga qarshi keskin va murosasiz kurash davom etadi

IIBB Axborot xizmati

Joriy yilning 1 noyabr kunidan Toshkent viloyatida “Tarkibida giyohvandlik, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar boʻlgan dori preparatlarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish” oyligiga start berildi.

IIBB Axborot xizmati

Tadbir doirasida kuchaytirilgan nazorat-reydlar oʻtkazilib, IIBB tezkor xodimlari tomonidan giyohvandlik va psixotrop dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyilmoqda.

Jumladan, noyabr oyining oʻtgan 10 kuni mobaynida Parkent, Oʻrta Chirchiq, Zangiota va Toshkent tumani hamda Ohangaron va Bekobod shahrida tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirlar davomida, dori vositalari bilan bogʻliq 10 dan ortiq holat aniqlanib, 552 dona turli nom va koʻrinishdagi psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi muomaladan olindi.

IIBB Axborot xizmati

Misol uchun, Bekobod shahrida yashovchi 30 yoshli “Temur” ismli shaxs 80 dona “zardeks” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini shartli xaridorga 3 mln 400 ming soʻmga sotayotganda ushlangan boʻlsa, boshqa bir holatda Zangiota tumanida yashovchi 30 yoshli ayol 358 dona shu kabi dori vositasini sotmoqchi boʻlgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan qoʻlga olingan.

IIBB Axborot xizmati

Maʼlumot uchun qayd etish joizki, 2023 yilning oʻtgan 10 oyi mobaynida viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi va uning quyi tizim xodimlari tomonidan “qora bozorda”gi narxi 5 mlrd soʻmga teng bo'lgan kuchli taʼsir qiluvchi va psixotrop dorilarning noqonuniy muomaladan olinishiga erishildi. Tezkor-profilaktik tadbirlar davom etmoqda.

IIBB Axborot xizmati



Report Page