Giyohvandlikka yoʻl yoʻq — Bekobodda xorij fuqarosi 15 kg “gashish” bilan qoʻlga olindi

Giyohvandlikka yoʻl yoʻq — Bekobodda xorij fuqarosi 15 kg “gashish” bilan qoʻlga olindi

IIBB Axborot xizmati

Toshkent viloyati boʻylab “Qoradori 2022” tezkor, profilaktik tadbirlarining 2-mavsumi katta masshtabda tashkil etilib, giyohvandlik bilan bogʻliq koʻplab jinoyatlar fosh etilmoqda.

IIBB Axborot xizmati

 Xususan, kuni kecha Bekobod shahar IIB, Jinoyat-qidiruv boʻlimi tezkor xodimlari tomonidan, “Oʻzbekiston” MFYda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, oʻzini shubhali tutayotgan 29 yoshli A.SH. (Tojikiston Respublikasi fuqarosi) vaqtincha yashab kelayotgan xonadon, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.

Natijada, xonadon yotoqxonada vazni 14,9 kg boʻlgan “gashish” giyohvandlik vositasi (sotish maqsadida saqlangan) borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilib olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIBB Axborot xizmati





Report Page