Giyohvandlikka qarshi keskin kurash toʻxtatilmaydi — Tomorqada yetishtirilgan koʻp miqdordagi “kannabis” fosh etildi
IIBB Axborot xizmatiToshkent viloyati IIBB sohaviy xizmatlari va quyi tizim xodimlari tomonidan giyohvandlikning har qanday koʻrinishiga qarshi murosasiz kurash davom etadi.
Xususan, Jinoyat qidiruv boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan “Qora dori – 2022” (2-mavsum) doirasida Toshkent tumanida oʻtkazilgan tezkor-profilaktik tadbir davomida “Shirin” MFYda yashovchi 1975 y.t. fuqaro SH.R. daliliy ashyolar bilan ushlandi.
Aniqlanishicha, ushbu shaxs yashash xonadonida 6 kg marixuana (quruq va hoʻl holatdagi) giyohvandlik vositasini saqlab, 36 tup kannabis giyohvandlik oʻsimligini parvarishlab, yetishtirib kelgan.
Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 25, 273-moddasi 5 qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
IIBB Axborot xizmati