Git o'zi nimaga kerak?

Git o'zi nimaga kerak?


Mandan ko'p so'rashadi - Git o'zi nimaga kerak?

Umuman olganda dasturlashda ko'p qo'shimcha instrumentlar, texnologiyalar jamoaviy dasturlash uchun, yoki, katta va uzoq muddat qo'llab quvvatlab boriladigan loyihalar uchun o'ylab topilgan.

Keyinchalik esa bu instrumentlar qulay bo'lgani sabablik undan xamma foydalanishni boshlagan.

Masalan SUBD ni olsak, agar biz kichkinagina blogcha yaratsak va bu blogimizga bir oyda 3 ta odam kirsa va bir yilda 4 ta dona komment yozishadigan bo'lsa, biz SUBD ishlatmasak xam bo'laverar edi. Xamma dannilarni oddiy txt faylda xam saqlasak bo'laverar edi. Lekin ko'proq yuzer foydalanishni boshlasa, biz keraklik dannilarni yuzerga yetkazib bershimiz uchun SUBD dan foydalanishga majbur bo'lib qolamiz, chunki bu eng qulay va oson yo'li.

Yoki masalan bir dona sahifalik statik sayt yaratsak xattoki dasturlash tilini xam keragi yo'q, xammasini html, css bilan xal qilsak bo'ladi.

Lekin loyixa kattalashgan sari, dasturchilarning soni oshgani sari, muammolar ko'paygani sari qo'shimcha instrument va texnologiyalardan foydalanishga majbur bo'lamiz.

Shu qo'shimcha instrumentlardan biri - Git.

Git bizga bir vaqtning o'zida bir loyixaning ustida bir nechta dasturchilar muammosiz ishlash imkonini beradi.

Bundan tashqari loyixani versiyalashga yordam beradi. O'zgarishlar tarixini ko'rsak bo'ladi, qaysi dasturchi, qaysi vetka ustida ishlayapti, kim qanday o'zgartirish kiritdi va xokazolarni qulay yo'l bilan ko'rish imkonini beradi va yana juda ko'p qulayliklar yaratib beradi.

Shuning uchun ishga qabul qilinyapkanlardan dasturlash tilidan tashqari albatta qushimcha texnologiya va instrumentlar so'raladi, chunki bu narsalarsiz siz xech qanaqasiga komandada ishlay olmaysiz.

Demak dasturlashni o'rganyapsizmi, qo'yshimcha qilib GIT, SQL, HTML+CSS+JavaScript, Http protokol, Linux, Framework larni xam o'rganishga majbursiz.

Aks xolda faqat o'zingiz va 2 ta og'ayningiz foydalanadigan kichkina saytcha yaratib o'tiraverasiz.

https://phpchoyhona.blogspot.com/

https://t.me/phpchoyhona

Report Page