G'irt Jinni Bot - guruh nazoratchisi!

G'irt Jinni Bot - guruh nazoratchisi!

DadaBot

Barchaga salomlar! G'irt Jinni robotiga boshqaruv paneli va kanallarga mediafayllar yuklash imkoniyati qo'shilganidan beri u qadar katta yangilik kiritilmadi. Mana bugun nihoyat yarim yil avval reja qilingan funksiyani e'lon qilmoqchiman. Bu esa - Guruh nazorati funksiyasidir. Ushbu maqola orqali sizlarga o'z guruhingizni ushbu tizimga o'tkazish haqida tushuntirib beraman.

Avvalo, shuni aytib o'tamanki, ushbu xizmat pullik hisoblanadi. Shu hususda biroz to'xtalib o'tsam: yig'ilgan pullar shaxsiy manfaatim uchun emas, server to'lovini qoplash uchun ishlatiladi. Hozirda server to'lovi bir o'zimga biroz og'irlik qilmoqda.

Nima bo'lganida ham sizning guruhingizni nazorat qilish ham serverimizga bir qancha yuk tushiradi, shuni unutmang))

Endi Robotni nazoratchi sifatida sozlash haqida gaplashsak. Bu ishni biz "Beta Testing" guruhi misolida ko'ramiz. Robot foydalanuvchilar xabarini ko'ra olishi va analiz qila olishi uchun u guruhingizda administrator maqomida bo'lishi kerak. Unga administratorlik maqomini berish uchun quyidagi amallarni bajaramiz:

Guruh sahifasidagi murvat belgisini tanlab, sozlamalar panelini ochamiz
Buyerdagi ro'yhatdan esa, "Administrators" menyusini ochamiz.
Administratorlar ro'yhati yuqorisidagi "Add administrator" menyusini ochamiz.
Yozuv yonidagi lupa belgisini bosib, qidiruv oynasini ochamiz.
Global qidiruvga @GirtJinniBot userneymini kiritamiz va natijani tanlaymiz.
Robotga berilgan huquqlarning barchasini ochib qo'yib, tasdiqlash belgisini bosamiz.

Tabriklaymiz, G'irt Jinni boti endi sizning guruhingiz administratori. Lekin bu u nazorat qilishni boshladi degani emas. Buning uchun robotning maxsus-boshqaruv paneli orqali o'z guruhingizni ro'yhatga kiritishingiz talab etiladi. Buning uchun @GirtJinnibot ga shaxsiy xabar orqali yozishingiz va quyidagi ketma-ketlikni bajarishingiz zarur:

Botga /mode buyrug'ini kiritib, maxsus boshqaruv-panelini oching
Menyuda yangi paydo bo'lgan "Guruh nazorati" tugmasini bosing


Buyerda guruhlar ro'yhati ochiladi. Agar sizda guruhlar qo'shilmagan bo'lsa, unda faqat "Guruh qo'shish"ni ko'rish mumkin. Yangi guruh qo'shish uchun shunga bosing
Robot sizga 2 xil usulni taklif qiladi. Eng osoni 2-yo'lni tanlang. Buning uchun guruhizga kiring.
Guruhizda /submit buyrug'ini kiriting va shaxsiy xabarni oching, robot hammasini taxt qilib ulgurgan bo'lsa kerak!
Tabriklaymiz, sizning guruhingiz boshqaruv paneliga kiritildi. Lekin bu nazorat qilish boshlandi degani emas. Buning uchun avval sozlamalarni to'g'rilash kerak.
Robot sizni sozlamalar sharti bilan sizni tanishtiradi. Tanishib chiqqach, "Davom etish" tugmasini bosing.
Sozlamalar menyusi yuboriladigan xabarlarga limit qo'yishdan iborat. Foydalanuvchilarni norozi qilmaslik uchun 1ni tanlashni tavsiya qilaman, lekin erkinlik o'z qo'lingizda!
Bu turdagi filterlarga esa limit qo'yilmaydi, uni faqat o'chirish yoki yoqish mumkin.
Sozlamalar yakunida saqlash tugmasini bosib, sozlamalarni saqlab qo'ying.

Tabriklayman, siz hozirgina G'irt Jinni robotini o'z guruhingiz nazoratchisi sifatida sozlab oldingiz. Lekin hali ham u nazorat qilishni boshlaganicha yo'q: boya aytdimku, bu funksiya pullik deb!

"Sinab ko'rmasdan turib pul to'laymanmi?" deysizmi? Aynan siz uchun, boshlanishga 1 kunlik bepul "trial" versiyamiz mavjud! Uni qanday o'rnatadi deb so'rayapsizmi? Buning uchun boshqaruv panelidan chiqib ( /exit buyrug'i orqali), uni qaytadan ochishingiz kerak. Guruh nazorati panelidan o'z guruhingizni tanlaganizda esa yangi tugma paydo bo'lganini ko'rasiz:

1 kun BEPUL! tugmachasi faqat bir marta va faqat 1 kunga sizning hisobingizni to'ldirib beradi:

Ana endi guruh nazoratchisi o'z faoliyatini boshladi. Uni o'zingiz sinab ko'rishga shoshilmang: guruh yaratuvchisi o'z guruhida cheklanmagan huquqqa ega bo'ladi!

Agar ushbu funksiya sizga manzur kelgan bo'lsa va uni yana yoqtirishni istasangiz robotning "DadaBot" funksiyasi orqali men bilan bog'laning, avtomatlashtirilgan to'lov tizimi hozirda hujjatlashtirish ishlari tufayli to'xtab turadi!

Aytgancha, "To'lov muddati" tugmasi orqali siz o'z tarifingiz bo'yicha to'lov narxlarini bilib olishingiz mumkin!

Guruhingizda yahshi kayfiyat hukm sursin!

Report Page