Giperestiziya

Giperesteziya ko’rish, eshitish, teri va hid bilish kabi sezgilarning tashqi ta’sirotlarga sezgirligining ortishi hisoblanadi. U bir yoki bir nechta sezgilarga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Odatda, sezgi buzilishlari xilma-xil nomlar bilan ataladi. Misol uchun, tanani yengil silaganda paydo bo’ladigan sezuvchanlikning kuchayishiga taktil sezgining kuchayishi, tovushlarga sezuvchanlikning ortishi eshitish sezgisining kuchayishi deb ataladi.
Alomatlari
Giperesteziya alomatlari hammada turlicha kechadi. Bu sezgilarning qay darajada va qay biri zararlanganiga bog’liq. Tana sezuvchanligi kuchaygan bemorning badaniga arzimagan narsa bilan tegilsa ham kuchli og‘riq paydo bo’ladi. Boshqalar uchun oddiy bo’lgan tovushlar ularning qulog’iga jaranglab eshitilishi mumkin. Oddiy hidlar ham o‘ta o’tkirdek tuyuladi. Ayrim insonlarda esa yuqoridagi barcha alomatlar birgalikda kechishi mumkin. Sezuvchanlik kuchayishining keskin turlarida giperesteziya nerv sistemasining shikastlanishiga, oqibatda esa nervlarning zararlanishi va tutqanoqqa olib kelishi mumkin.
Sabablari va xavf tug’diruvchi omillar
Giperesteziyaga olib keluvchi birgina sabab bo’lmaydi. U turli tashqi ta’sirotlarga bog’liq.
Juda ko’p miqdorda qahva yoki alkogol iste’mol qilish nerv sistemasining haddan tashqari stimullanishiga olib kelishi va bu oqibatda giperesteziyaga sababchi bo’lishi mumkin.
Tanasiga qizamiq yoki toshma toshgan insonlarda taktil sezgi kuchaygan bo’lishi mumkin.
Teri sezuvchanligining har xil o ‘zgarishlari asab kasalliklarida juda ko‘p kuzatiladi.
Odamda Vitamin B-12 tanqisligi ham giperesteziyaga sababchi bo’lishi mumkin.
Autizm, xromosoma kasalliklari va giperaktiv sindromga chalingan insonlarda ham giperesteziya rivojlanadi.
Davolash
Giperesteziyani boshdan kechirayotgan vaqtda tashqi ta’sirotlardan xoli bo'lgan qorong’i xonada yoting. Bu alomatlarning yengil kechishiga yordam beradi. Bunday vaziyatda xotirjam bo’ling, ba’zi nafas mashqlarini bajaring va shuni bilingki, alomatlar bir necha soat ichida ortda qoladi.
Giperesteziyada og’riqni boshdan kechirayotgan bemorlarga fizioterapiya yordam berishi mumkin.
Kognitiv xulq-atvor terapiyasi har qanday ta’sirot ta’sirini kamaytirish borasida samarador ekanligi tasdiqlangan.
Giperesteziyaga chalingan bemorga antioksidantlarga boy mahsulotlarni yeyish tavsiya qilinadi.
Manba: Healthline
Kanalga ulanish: Inson psixologiyasi