Gilamingiz uyingizga mosmi? Gilam tanlash san'ati xususida.

Gilamingiz uyingizga mosmi? Gilam tanlash san'ati xususida.

SAG
ISFAHAN

RU

Uyingizdagi jihozlar qanchalik qimmat bo`lmasin, ular bir-biriga mos kelmasa, hammasi bir tiyin. Xuddi shuni gilamlar haqida ham aytish mumkin. Rangi, hajmi va turini noto`g`ri tanlash kifoya, shunda gilamingiz ko`rimsizgina bo`lib qoladi.

Ammo, tanlovingiz mehmonlaringizning havasini, dushmanlaringizning hasadini keltirishini istasangiz, maslahatlarimizga quloq soling. Shunda uyingiz fayziga fayz qo`shilishi tayin.

Birinchidan

Odatda gilamni har joyga ham yozib bo`lmaydi, deb o`ylashadi, biroq bugungi kunda hatto yuvinish xonasiga mos gilamlar ishlab chiqarilayotgani bu fikr xato ekanini isbotlaydi. Asosiysi, qosh qo`yaman deb ko’z chiqarmaslik. Masalan, mehmonxona va yotoqxona uchun eng yaxshisi, uzun patli gilamni tanlang. Ko`p o`tib-qaytiladigan xonalarda, ya’ni dahliz yoki oshxonaga kalta patli gilamlar mos keladi.

Ikkinchidan

Tabiiy ashyolardan, ya’ni paxta, jun, ipakdan to`qilgan gilamlar ko`zni quvnatib, oyoqlarni yoqimli qitiqlaydi. Yumshoq patlari rohatdir, ko`rinishi – dilga huzurdir, albatta. Biroq shuni unutmaslik kerakki, tabiiy gilamlar ko`proq parvarish va e`tibor talab qiladi. Qolaversa, ular ko`proq chang yutib, chang kanalarning uyiga aylanishi mumkin. 

Aynan shuning uchun sun’iy gilam sotib olish haqida o`ylab ko`ring. Akril, poliester va polipropilen iplaridan to`qilgan gilamlar yumshoqlikda tabiiylardan qolishmaydi, ko`p parvarish talab etmaydi, allergiya qo`zg`atmaydi. Hatto ko`pincha tabiiy gilamlardan ham yorqinroq rangda bo`ladi. Shuningdek, uyingizda mushugingiz bo`lsa, sun’iy gilamni xarid qilganingiz ma’qulroq.

Uchinchidan

Gilam shaklini tanlayotganda uy jihozlariga e’tiboringizni qarating. Ular aylana shaklida bo`lsa, gilamning ham shu shakldagisini oling. To`rtburchak gilamlar esa burchaklari uchli jihozlarga uzukka ko`z qo`ygandek yarashadi.

To`rtinchidan

Gilam ranglari kayfiyatga ta’sir qiladi va shu bilan birga xonani kattalashtirgandek yoki kichiraytirgandek bo’ladi. Masalan, och ranglar va mayda naqshlar xonani aslidan kattaroq qilib ko`rsatadi va aksincha.

Va nihoyat

Gilamni ishlab chiqaruvchiga qarab tanlamoqchi bo`lsangiz, eng tajribali, mahsulotlari keng tarqalgan kompaniyani tanlang. Masalan, SAG gilamlari, 20 yildan buyon bozorda yetakchilik qilib kelmoqda, mahsulotlari MDH, Yevropa, Osiyo davlatlariga va AQSHga o`z xaridorlariga ega. Bu esa kompaniya mahsulotlari jahon talablariga javob berishidan dalolat.

Report Page