G’ijduvon tumanida barqaror elektr energiyasi sari ishonchli qadamlar tashlanmoqda.
Bugun kunda har bir xonadonni yorug’lik, har bir oila va tadbirkorni me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan taminlash borasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, mavjud elektr tarmoqlari yangilanmoqda, eskirgan simyog’ochlar o’rniga mustahkam temir beton tayanchlar o’rnatilmoqda, taransformator punktlari ko’rikdan o’tkazilib, ularning quvvatlari oshirilmoqda. Shu bilan bir qatorda yangi elektr tarmoqlari tortilib, yetkazib berilayotgan elektr energiyasining sifati yanada yaxshilanmoqda.
Bu borada G’ijduvon tumanida ham izchil ishlar amalga oshirildi. Tumanda mazilli dasturlar asosida 1200dan ortiq temir beton tayanchlkari rostlanib, 53 200 metr uzinlikdagi yangi elektr uzatish tarmoqlari qurildi va 14 dona transformator punklari o’rnatildi. Shuningdek, kuz qish mavsumini betalofat o’tkazish maqsadida 96 dona transformator punktlari va 347 800 metr havo elektr uzatish tarmoqlari mukammal ta’mirlandi.
Ayni kunlarda tumandagi “Qo’rg’on” turizim mahallasida modernizatsiya va yangilash ishlari olib borilmoqda. Buning uchun mahallada 7 000metr uzunlikdagi yer osti kabel tarmog’i yotqizilmoqda.
Amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar tuman aholisi, tadbirkorlar va ijtimoiy sohalar obyektlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashga, hamda tarmoqdagi ortiqcha yo’qotishlarni oldini olishga xizmat qiladi.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati