Germaniyaning “Mangold Consulting GmbH” kompaniyasi vakillari bilan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi
Xorijiy sarmoyadorlar uchun mamlakatimizda katta biznes imkoniyatlarini ochib berayotgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashi yillik yigʼilishida 70 dan ortiq davlatdan 2000 dan ziyod ortiq mehmonlar, jumladan, xorijiy hukumat vakillari,transmilliy koorparatsiyalar, halqaro moliya institutlari va banklari rahbarlariyu iqtisodiyot, investitsiyalar va moliya sohasidagi ekspertlar vakillari ishtirok etmoqda.
Joriy yilning 17-may kuni Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev yig‘ilish doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda “Mangold Consulting GmbH” kompaniyasi raisi K.Mangoldni qabul qildi.
Uchrashuvda bugungi kun geosiyosiy vaziyat tufayli O‘zbekiston va Yevropa mamlakatlari oʼrtasida yetkazish zanjirlarida uzilishlar yuzaga kelayotganligi taʼkidlandi. Bu borada qo‘shma ishchi guruh shakllantirish taklifi ilgari surildi.
Ishchi guruh logistika bilan bog‘liq narxlarni analiz qilgan holda muammoni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, transport logistikasini rivojlantirish, iqtisodiyotni yumshatish chora tadbirlarini shakllantirish hamda Germaniyaning kasbga tayyorlash tizimini boy tajribasini hisobga olgan holda, O‘zbekiston fuqarolarini Germaniyaning yetakchi korxonalarida malakasini oshirish, o'zaro tajriba almashish borasida hamkorlikni rivojlantirish kabi dolzarb masalalar muhokama etildi.
K.Mangold: “O‘zbekiston Germaniya uchun Markaziy Osiyoda investitsion jihatdan jozibador mamlakat hisoblanadi. Men ikki mamlakat kompaniyalari o‘rtasida hamkorlikni iloji boricha qo‘llab-quvvatlayman”, deya ta’kidladi.
Shuningdek, Germaniyaning KFW banki tomonidan O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga 500 mln. yevro miqdorida kredit mablag‘larni ajratishda kompaniyasi o‘z ko‘magini koʼrsatishga tayyor ekanligini aytib o‘tdi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi