Germaniyaga yuk avtomobili haydovchilari ishga taklif etiladi
Nomzodlar uchun talablar:
📍CE toifadagi haydovchilik guvohnomasi;
📍nemis tili bo‘yicha kamida B1 darajasi (Gyote instituti, ECL, ÖSD, Telc yoki nemis filologiyasi diplomi);
📍18-41 yosh;
📍Germaniyada Yevropa Ittifoqi haydovchilik guvohnomasini olish va ro‘yxatdan o‘tish uchun qayta tayyorlash kurslarida o‘qish va 95-kodli sertifikatini olishga tayyorgarlik (davomiyligi 6-8 oy);
📍Germaniyada qayta tayyorlash kurslaridan so‘ng kamida 3 yil “Duvenbeck Kraftverkehr GmbH” shirkatida ishlash.
Quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:
📍O‘zbekistonda hujjat ishlarida ko‘mak;
📍Germaniyaga borish xarajatlari;
📍doimiy mehnat shartnomasi;
📍qayta tayyorlash davridagi turar joy xarajatlari hamda ish haqi (3-bosqichli amaliyot davridagi oylik 850 yevro (Netto);
📍qayta tayyorlashdan so‘ng 1700 yevro (Netto) hamda 500 yevrogacha (Netto) soliqsiz qo‘shimcha haq;
📍har yili 27 kunlik taʼtil.
Zarur hujjatlar:
✅ Nemis tilidan sertifikat (B1 daraja yoki Horijiy filologiya(nemis tili) diplomi;
✅ Haydovchilik guvohnomasi (pdf shaklda)