Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Germaniyaning “NoVo Agency“ tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlari Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga taklif etiladi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Germaniyaning “NoVo Agency“ tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlari Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga taklif etiladi.


Nomzodlar uchun talablar:

✅ umumiy hamshiralik uchun – shifoxonaning turli bo‘limlarida kamida 2 yillik tajriba (faqat bemorlarni parvarishlagan);

✅ 39 yoshgacha;

✅ sudlanmagan;

✅ jismonan sog‘lom;

✅ tibbiyot kolleji/texnikumini (faqat 3 yillik texnikum diplomi yoki oliy maʼlumotli hamshiralik diplomi) tamomlagan;

✅ bemorlarga g‘amxo‘rlik qilish qobiliyati;

✅ Buxoro shahar «Ishga marhamat» monomarkazida tashkil etiladigan 10 oylik nemis tili kursida o‘qish; 

✅ Toshkent shahridagi Gyote instituti B2 daraja imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tish.

❌ stomatolog, o‘qituvchilik va dorishunoslik sohasida shug‘ullangan nomzodlar qabul qilinmaydi.

Nomzodlarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:

📍Buxoro shahrida bepul turar joy;

📍o‘quv xonasi;

📍stipendiya 6 oy davomida.

Shuningdek, quyidagi xarajatlar qoplab beriladi va xizmatlar kafolatlanadi:

📚 nemis tili o‘qituvchisi va o‘quv materiallari;

📌 til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote institutida imtihon topshirish;

📌 hujjatlarni tarjima qilish va Germaniyada tasdiqlash;

📌 o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;

🛫 Germaniyaga aviachipta va aeroportdan ish joyigacha transfer;

💵 mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil (oylik 2300 yevrodan boshlab, nafaqa, sug‘urta, taʼtil) va butun jarayon davomida doimiy qo‘llab-quvvatlash. Diplomning tan olish jarayoni tugagandan keyin oylik 2800-3000 yevrodan boshlab beriladi. 

☎️ Murojaat uchun: +998 88 239 32 23 

☎️ Murojaat uchun: 1282 (qisqa raqam)



Report Page