Germaniya bilan aloqalarning yangi pog’onasi boshlandi
Tajriba....
Motivatsiya....
Ta’lim va o’quv jarayoni...
Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti O’zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi professori Toirova Guli Ibragimovna Germaniyaning Yohannes Gutenberg nomidagi Mayns universiteti Turkologiya kafedrasida malaka oshirish va mahorat darslarini o’tish maqsadida xizmat safarida bo’lmoqda. Safar davomida G.I. Toirova mahorat darslarini olib bordi. Ma’ruza 3 ta tilda (nemis, turk va o’zbek) olib borildi, savol-javoblar o’zbek tilida bo’lib o’tdi. Ishtirok etgan talabalarning faqat 3 tasi nemis, 8 tasi o’zbekistonlik, qolganlari turkiy zabonlar. Universitetlar o’rtasidagi xalqaro almashinuv ajoyib tarzda boshlandi. Xorijiy universitet bilan aloqalar jarayonida xalqaro jurnalda 2 ta maqola, xalqaro anjumanda 2 ta tezis, 2 ta anjuman tezisi, SCOPUS bazasidagi jurnaliga indeksatsiya bo’lgan 1 ta maqola chiqishiga erishildi. Eslatib o’tamiz, Germaniyaning Maynts universiteti bilan 2023-yilning may oyida xalqaro almashinuv asosida aloqalar o’rnatilgan edi va bu almashinuv bora-bora yangi bosqichga ko’tariladi, degan umiddamiz.
Mainz Yoxannes Gutenberg universiteti (reyting bo’yicha QS-2024 da 464-o’rinda, ARWU reytingida 201-o’rinda, US Newsda 241-o’rinda) Germaniyaning eng yirik va nufuzli universitetlaridan biridir.
Mayns universiteti 1477-yilda tashkil etilgan, 1798-yilda Napoleon qoʻshinlari shaharni egallab olganida yopilgan. U 1946-yilda Maynsdagi Yoxannes Gutenberg universiteti sifatida qayta ochilgan. Bu yerda, taxminan, 120 ta turli mamlakatlardan 31 000 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Uzluksiz ta’lim kontsepsiyasi bugungi globallashgan dunyoda muhim jihatga aylanganligi sababli, JGU markazida har yili turli mavzularda 360 dan ortiq seminar va konferensiyalar tashkil etib kelinmoqda. ( men ham ishtirok etdim). 170 nafar professional o’qituvchi bilan hamkorlikda faoliyat yuritayotgan markaz jamiyatning barcha qatlamlari vakillarining yuqori sifatli ta’lim olishini ta’minlamoqda.
Ilm-fan va tadqiqotlarni samarali va barqaror boshqarishi tufayli Mayns Iogannes Gutenberg universiteti o’n yildan ortiq vaqt davomida nemis tilida so’zlashuvchi mamlakatlarning yetakchi universitetlari qatoridan joy oldi. 1999-yilda JGU Markaziy boshqaruvi innovatsion tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan Yangi boshqaruv modeli asosida qayta tuzilgan. Ushbu islohot jarayoni ma’muriy tuzilmalar va tartiblarni modernizatsiya qilishni, shuningdek, 2005 -yilda fakultetlarni qayta qurishni o’z ichiga olgan. Milliy Oliy Ta’lim Markazi (CHE) JGUning sa’y-harakatlarini 2002-yilda "Eng yaxshi amaliyot" mukofoti bilan taqdirlangan. Bu oliygoh 10 ta fakultet, Musiqa maktabi va Mayns san’at akademiyasidan iborat.