Eskirgan, ammo yana "taxtga qaytgan" harbiy texnika bormi?

Eskirgan, ammo yana "taxtga qaytgan" harbiy texnika bormi?

OkOpOtasi

Gepard! (Zirhli mashina shassisiga oʻrnatilgan zenit-toʻp tizimi). Toʻliq nomi: Flugabwehrkanonenpanzer Gepard.

Flugabwehrkanonenpanzer Gepard

Gepardning "tarix sahnasidan" ketishi

"Gepard" aslida samolyotlarni urib tushirish uchun moʻljallangan avtomatik toʻpdir. Biroq, vaqt oʻtishi bilan samolyotlar pulemyot va toʻp oʻqlaridan qochishni oʻrgandi (tezlashdi va manevrchan boʻldi). Shu sababli koʻplab davlatlar samolyotlarga qarshi raketa tizimlaridan foydalanishga oʻtdi.

Toʻp yoki pulemyot juda tez uchadigan zamonaviy qiruvchi samolyotni urib tushira olmaydi. Raketa esa oʻzining tezligi, radari va oʻzini yoʻnaltirish tizimi yordamida nishonni osongina tutib oladi va yoʻq qiladi.

Shu nuqtada "Gepard" foydasiz boʻlib qoldi. U tezkor samolyotlarga qarshi tura olmagach, Germaniya undan voz kechishga qaror qildi. Uni dushman samolyotlarini osonroq urib tushiradigan raketa tizimlari bilan almashtirishdi. "Gepard"larning urib tushirishga nishoni qolmagani uchun ular qurollanishdan chiqarildi va omborlarga (konservatsiyaga) topshirildi.

Shahed 136

Dronlar davri va "Gepard"ning qaytishi

Bu holat dronlar davri boshlanguniga qadar davom etdi. Ayniqsa, Ukrainadagi urushda hammasi oʻzgardi.

Rossiya Ukrainaga dronlar, xususan Eronning "Shahed" dronlari bilan hujum qila boshladi. Kutilmaganda, "Gepard" yana oʻz vazifasini topdi! U sekin uchadigan dronlarni urib tushirish uchun ayni muddao boʻlib chiqdi.

Nega aynan Gepard?

Arzonlik: Dronlarni urib tushirish uchun qimmatbaho raketalar emas, oddiy va arzon oʻqlardan foydalanadi.

Iqtisodiy samaradorlik: Ukraina havo mudofaasi uchun "Patriot" tizimlaridan foydalanayotgan edi, lekin bitta arzon dronni urib tushirish uchun million dollarlik raketani sarflash juda qimmatga tushardi.

Tezkorlik: "Gepard" juda qisqa vaqt ichida koʻp miqdorda oʻq uzish qobiliyatiga ega.

Shunday qilib, bir paytlar "keraksiz" deb topilgan "Gepard" yana foydali texnikaga aylandi va zamonaviy urush maydonlarida eng kerakli qurollardan biri ekanini isbotladi.

https://t.me/OkOpOtasi


Report Page