Geografiya o'qitish metodikasi fani " O'simliklar dunyosi" mavzusidan sayyor dars tashkil etildi.
Pedagogik ta'lim fakulteti Boshlangʻich taʼlim metodikasi kafedrasi o'qituvchisi N.M.Toyirova tomonidan 14-11BT-20 guruh talabalari bilan 17.12.2022 sanada "O'simliklar dunyosi" mavzusidan sayyor dars tashkil etildi.
Ushbu sayyor darsda o'simliklarning xilma xilligi, daraxt, buta, o't o'simliklar, o'simlik organlari: gul, meva, urug', barg, poya, ildiz, o'simliklarning hayot sikli, ularning ko'payishi va rivojlanishi haqida suhbatlashildi.
Manzarali oʻsimliklar, dekorativ oʻsimliklar — kishilarning estetik ehtiyojlarini qondirishda foydalaniladigan turli botanik oilalarga mansub madaniy va yovvoyi oʻsimliklar guruhi. Manzarali o'simliklar shahar va qishloqlarni koʻkalamzorlashtirish, istirohat bogʻlari, ijtimoiy, ishlab chiqarish binolari va turar joylarni bezatish, guldastalar yasash uchun oʻstiriladi. Chiroyi, barglari, gullari, mevalari rangi, tanasining gʻaroyib shakllari (shoxlari osilgan, soyabonsimon) bilan tavsiflanadi. Bir qator belgilariga, hayot shakliga koʻra — daraxtlar, butalar, chala butalar, oʻt oʻsimliklarga, poyasi shakliga koʻra, tik oʻsadigan, ilashib oʻsadigan, pastak, yoyilib oʻsadigan, osilib oʻsadigan va boshqalarga boʻlinadi.
Manzarali o'simliklar biologik xususiyatlariga qarab: daraxt va butalarga, koʻp yillik, ikki yillik, bir yillik, boshoqbosh (gʻallagulli), piyozli va boshqa oʻsimlik guruhlariga boʻlinadi. Manzarali daraxt va butalarga igna bargli, doim yashil va barg toʻkuvchi oʻsimliklar kiradi. Xiyobon, koʻchalarga, hovuz va koʻl boʻylariga eman (dub), kashtan, chinor, akatsiya, oq qayin, majnuntol, terak, sarv, oq qaragʻay, shamshod, doʻlana, archa; shiypon va ayvon tevaragiga ilashib usuvchilar — tok, chirmoviq, butalardan atirgul, siren va boshqa o'simliklar ekiladi. Koʻp yillik manzarali oʻsimliklarga istirohat bogʻlari, xiyobonlarda oʻstiriladigan sergul, serbarg va manzarali mevali o'simliklar kiradi.
Sayyor dars davomida Somoniylar madaniyat va istirohat bog'ida "Yashil makon" loyihasi doirasida manzarali ko'chatlar o'tqazildi. Ona yer, zilol suv, musaffo havo, go'zal tabiatni asrashga, ulardan oqilon foydalanishga har birimiz mas'ulmiz. Chunki ularga kelajak avlodning ham haqqi bor. Shuni unutmasak bo'lgani.
Sayyor darsda Samoniylar bogʻida joylashgan Ismoil Somoniy maqbarasiga ham tashrif buyurishdi.
Boshlang'ich ta'lim metodika kafedrasi