Geografiya fanidan 30 talik test savollari

Geografiya fanidan 30 talik test savollari

@geografiya_test_video_slayd

TEST SAVOLLARI

1. Fernan Magellan sayohati qaysi shahardan boshlangan?

A) Kronshtat

B) Lissabon

C) Palos

D) Sanluka

2. Havo soviganda yer yuzasi ustidagi namga toʻyingan havodagi suv bugʻlaridan hosil boʻladigan juda mayda suv tomchilari nima deb ataladi?

A) shudring

B) qirov

C) tuman

D) yomgʻir

3. Janubiy Amerika materigida joylashgan milliy bogʻ va qoʻriqxonalarni belgilang.

1) Fordlend; 2) Makarena; 3) Auyuittuk; 4) Araguaya; 5) Kanayma; 6) Kameya; 7) Upemba; 8) Pakaas-Novus; 9) Kasorea.

A) 2, 4, 5, 8

B) 1, 3, 6, 9

C) 2, 3, 7, 8

D) 1, 4, 6, 9

4. Qaysi javobda Shimoliy Muz okeaniga tegishli boʻlgan dengiz nomi keltirilgan?

A) Bering

B) Shimoliy

C) Norvegiya

D) Boltiq

5. Afrika materigining qaysi tabiiy geografik oʻlkasida qimmatbaho mebellar ishlanadigan qizil daraxt oʻsadi?

A) Shimoliy Afrika

B) Janubiy Afrika

C) Sharqiy Afrika

D) Markaziy Afrika

6. Avstraliyaning subekvatorial iqlim mintaqasida yoz faslida yog‘in miqdori qanchani tashkil qiladi?

A) 1000–1500 mm

B) 500–1000 mm

C) 1200–1400 mm

D) 800–2000 mm

7. Qaysi sayyoh bals daraxtidan «Kon-Tiki» kemasini yasagan?

A) G. Langsdorf

B) A. Gumboldt

C) T. Xeyerdal

D) N. Vavilov

8. Shimoliy Amerikaning fasliy nam oʻrmonlar zonasida qanday tuproqlar tarqalgan?

A) ferralit

B) qizil-qoʻngʻir

C) sur oʻrmon

D) kashtan

9. Qizilnura choʻqqisining balandligi qanchani tashkil etadi?

A) 3309 m

B) 3267 m

C) 3137 m

D) 3769 m

10. Quyidagi qaysi geologik davrlar 45 mln yildan davom etgan?

A) perm, trias

B) devon, kembriy

C) silur, toshkoʻmir

D) devon, yura

11. Qushchisoy va Jalairsoy soylari qaysi tabiiy geografik okrugda joylashgan?

A) Oʻrta Zarafshon

B) Fargʻona

C) Mirzachoʻl

D) Qashqadaryo

12. Oʻrta Osiyoning taqir tuproqlari tarkibida chirindi miqdori qanchani tashkil qiladi?

A) 0,7–1,2%

B) 0,3–0,7%

C) 1–1,5%

D) 1,2–1,7%

13. Qaysi qoʻriqxonada «Qizil kitob»ga kiritilgan qoʻngʻir ayiq, silovsin, qor barsi, togʻ echkisi muhofaza qilinadi?

A) Zomin

B) Nurota

C) Surxondaryo

D) Kitob

14. Zarmitan va Marjonbuloq oltin konlari mos ravishda qaysi viloyatda joylashganini toping.

A) Samarqand va Jizzax

B) Navoiy va Jizzax

C) Samarqand va Navoiy

D) Toshkent va Samarqand

15. Koʻkdumaloq kompressor stansiyasi bir kecha-kunduzda qancha gaz ishlab chiqaradi?

A) 3,8 mln kub m

B) 4,6 mln kub m

C) 4,2 mln kub m

D) 3,5 mln kub m

16. Surxondaryo viloyatidagi yirik sement zavodi qaysi tumanda joylashgan?

A) Qumqoʻrgʻon

B) Denov

C) Boysun

D) Sherobod

17. Quyidagi qaysi IESning quvvati 1 000 MW dan kichik?

A) Sirdaryo

B) Navoiy

C) Talimarjon

D) Angren

18. Dong qaysi davlatning pul birligi hisoblanadi?

A) Vyetnam

B) Xitoy

C) Tailand

D) Laos

19. BMT faoliyatida qoʻllaniladigan rasmiy tillarni toping.

1) ingliz; 2) portugal; 3) ispan; 4) nemis; 5) xitoy; 6) fransuz; 7) rus; 8) arab; 9) hind.

A) 1, 3, 5, 6, 7, 8

B) 2, 3, 4, 6, 7, 9

C) 1, 2, 4, 5, 6, 8

D) 2, 3, 5, 6, 8, 9

20. Quyidagi qaysi davlat OPEK tashkilotiga a’zo?

A) Meksika

B) Suriya

C) Indoneziya

D) Angola

21. Xitoyda hozirgi vaqtda yiliga qancha elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda?

A) 4 trln. kW•h

B) 5 trln. kW•h

C) 6 trln. kW•h

D) 7 trln. kW•h

22. Elektrlashtirilgan temiryoʻllarning uzunligi boʻyicha qaysi davlat jahonda 1-oʻrinni egallaydi?

A) Xitoy

B) Kanada

C) AQSH

D) Rossiya

23. AQSHning eng yirik moliyaviy markazlarga ega boʻlgan shtatlarini qamrab olgan iqtisodiy rayonini toping.

A) Oʻrta Gʻarb

B) Shimoli-sharq

C) Janub

D) Gʻarb

24. Silur davrida qancha turdagi hayvon va oʻsimlik turlari mavjud boʻlgan?

A) 12 000

B) 15 000

C) 18 000

D) 16 000

25. Janubiy Osiyo subregionidagi qaysi davlatda islom dini keng tarqalgan?

A) Shri-Lanka

B) Bangladesh

C) Butan

D) Nepal

26. Agar siz maktabga 135° azimut bilan borgan boʻlsangiz, uyga qaysi azimut orqali qaytasiz?

A) 315°

B) 45°

C) 245°

D) 185° 

27. Tinch okeanidagi Tonga choʻkmasiga exolotdan yuborilgan tovush toʻlqini qancha vaqtda yetib boradi?

A) 6,69 s

B) 7,34 s

C) 6,52 s

D) 7,25 s

28. II soat mintaqasida joylashgan Moskva shahrida soat 6ºº boʻlganda, IX soat mintaqasida joylashgan Tokio shahrida soat necha boʻladi?

A) 23ºº

B) 12ºº

C) 13ºº

D) 24ºº

29. Quyidagi Yevropaning yozuvsiz xaritasidan Slovakiya davlati bilan chegaradosh bo‘lgan A va B davlatlarni toping?

A) Chexiya va Vengriya

B) Avstriya va Serbiya

C) Shveysariya va Sloveniya

D) Polsha va Xorvatiya

30. Afrikaning qaysi davlatida choy asosiy ekin hisoblanadi?

A) Misr

B) Keniya

C) Sudan

D) Tanzaniya


➖➖➖➖➖➖➖➖➖

Kanal manzilimiz 👇👇👇https://t.me/geografiya_test_video_slayd


Murojaat uchun👇👇👇https://t.me/GeoMurojatbot

Report Page