Geografik xaritalar darslikda ilk bor 3 tilda beriladi

Geografik xaritalar darslikda ilk bor 3 tilda beriladi


Yangi oʻquv yili uchun 7-10-sinf Geografiya fani darsliklari tayyorlandi.

Darslikka kiritilgan kartografik -sxematik topshiriqlar, grafik jadval va xaritalar, sayyoh olimlarning suratlarini darslikning tom maʼnodagi yangiligi deyish mumkin.

Darslikda berilgan grafik jadvallar, rasmlar va infografik diagrammalar oʻquvchiga maʼlumotni toʻliq va oson qabul qilishida yordam beradi. Masalan, 7-sinf Geografiya darsligida geografik qobiqning rivojlanish bosqichlari toʻgʻrisidagi geoxronologik jadval berilgan. Vizual tasvir oʻquvchida davrlar va eralar, undagi tirik organizmlar haqida yaxlit tasavvurni shakllantirishga xizmat qiladi.

Geografik xaritalar darslikda ilk bor 3 tilda beriladi. Bu oʻz navbatida geografik xaritalardan foydalanish bilan bogʻliq muammolarga yechim boʻldi. Mazkur xaritalarni endi darslikda oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillarida koʻrish mumkin.

Har bir mavzu oʻquvchida maʼlum hayotiy koʻnikmani shakllantirishga xizmat qiladi. Bir darsda ular biror joyda adashib qolgan inson qanday qilib yoʻlni topishi haqida berilgan topshiriq ustida bosh qotirsalar, keyingi darsda geolokatsiyadan foydalanish koʻnikmasiga ega boʻladilar. 

Shuningdek, darslikdan qoʻshimda videolarni jamlagan QR kodlar, qiziqarli geografik faktlar haqidagi “Bilasizmi”rukni, “Eslab qoling” rukni orqali geografik atamalar talqini oʻrin olgan.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇

Telegram |Facebook |Instagram


Report Page