Geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug'ullanadigan mutaxassislarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan tashkil etilgan malaka oshirish o'quv kurslariga taklif etamiz.

Geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug'ullanadigan mutaxassislarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan tashkil etilgan malaka oshirish o'quv kurslariga taklif etamiz.

Kadastr agentligi Axborot xizmati

O‘quv kurslari hozirda quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etildi:

1.  Taxeometrik syomka ishlari

(Taxeometrik syomka ishlarini bajarish (tafsilotlar va relyefni syomka qilish, razbivka qilish, loyihalarni joyiga ko‘chirish, chegaralarni o‘rnatish), Taxeometrik syomka planini dasturlardan foydalanib chizish (Credo, AutoCAD,Geoniks kabi dasturlardan foydalanib belgilangan shartli belgilar asosida joy planini yaratish) va boshqalar haqida batafsil ma’lumotlar olishingiz mumkin)

2.  Nivelirlash ishlari

Nivelir turlari, nivelirlash usullari, Yer maydonlarini tekislash ishlarida nivelirlash ishlarini bajarish, Bino va inshootlarning loyihasini joyga ko‘chirishda nivelirni qo‘llash, Trassani joyida belgilash. Trassani piketlarga bo‘lish, Trassani nivelirlash bo‘ylama va ko‘ndalang profillarini tuzish kabi ishlarini batafsil o‘rgatish.

3.  GPSda ishlash

GPS priyomniklari turlari, ishlash metodlari, doimiy ishlovchi GNSS stansiyalaridan foydalanish usullari, GPS priyomniklari yordamida geodezik punktlarni barpo etish usullari (statika, RTK), Doimiy ishlovchi GNSS stansiyalarga  bog‘langan holda RTK rejimida dala o‘lchov ishlarini bajarish (tafsilotlar va relyefni syomka qilish, razbivka qilish, loyihalarni joyiga ko‘chirish, chegarlarni o‘rnatish), Statika usulida olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va tenglashtirish (Trimble Total Control, Trimble Business Center kabi dasturlardan foydalanib tenglashitirish ishlarini bajarish), hisobotlarni tayyorlash kabi ish turlarini o‘rganish.

O‘quv kurslari 72 akademik soatda kam bo‘lmagan vaqtga tashkil etiladi va o‘quv dasturlari 80 foiz amaliy va 20 foiz nazariy qismdan iborat bo‘ladi.

Shuningdek, tinglovchilar talabidan kelib chiqib boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ham o‘quv kurslari tashkil etilishi mumkin.

O‘quv kurslari yakunida belgilangan tartibda sertifikatlar taqdim etiladi.

Murojaat uchun quyidagila telefon raqamlarga bog‘lanish mumkin:

Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji

+ 99871 260 17 43  va  1300@ygk.uz elektron manzilga murojaat qilish mumkin. 



Report Page