General Motors International prezidenti Shilpan Amin Asakadagi UzAuto Motors zavodiga tashrif buyurdi

General Motors International prezidenti Shilpan Amin Asakadagi UzAuto Motors zavodiga tashrif buyurdi

UZAUTO MOTORS AJ

General Motors International kompaniyasi prezidenti Shilpan Amin boshchiligidagi delegatsiya Asakadagi UzAuto Motors zavodiga tashrif buyurdi. UzAuto kompaniyasining General Motors bilan ko‘p yillik hamkorligi rivojlanishning yangi bosqichiga o‘tdi – General Motors rahbariyati bilan UzAuto Motors kelajagi uchun muhim bo‘lgan strategik kelishuvlar muhokama qilindi, natijada hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qator shartnomalar imzolandi.

General Motors delegatsiyasining UzAuto jamoasi bilan uchrashuvida kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va ishlab chiqarish geografiyasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, suhbat chog‘ida Qozog‘iston va Ozarbayjonda Chevrolet avtomobillarini ishlab chiqarishni kengaytirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. 

Uchrashuv yakunida “Uzavtosanoat” AJ va UzAuto Motors General Motors bilan ishlab chiqariladigan avtomobillar liniyasini yangilash, zavodlar quvvatini oshirish hamda ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan qator shartnomalani imzoladi.

Xususan, 2023-yilda avtomobillar ishlab chiqarish quvvatini 500 ming donaga yetkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun yangi modellar ishlab chiqarishdan tashqari, “Cobalt” va “Damas” avtomobillarining har birini ishlab chiqarish quvvatini 150 ming donagacha oshirishga qaror qilindi.

Bundan tashqari, tomonlar UzAuto Motors’ni MDH davlatlari orasida avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchiga aylantirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni davom ettirish zarurligi, shuningdek, Qozog'iston va Ozarbayjon bilan avtomobillarni kichik tarmoqda ishlab chiqarishni (CKD) muvaffaqiyatli tashkil etishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhimligi qayd etildi. 


Shuningdek, belgilangan maqsadlarga erishish uchun General Motors” kompaniyasi butlovchi qismlarni uzluksiz yetkazib berishda qoʻllab-quvvatlashi muhim ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlandi. General Motors bilan birgalikda UzAuto Motors zavodi ishlab chiqarish hajmini yanada oshiradi, uzoq muddatli istiqbolda u 1 million dona avtomobilni tashkil etadi.

Tashrif dasturidan, shuningdek, zavodning ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishtirish ham joy oldi, uning doirasida janob Shilpan Aminga Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarini ishlab chiqarish liniyalari hamda ularni ishlab chiqarishga oid rejalar taqdim qilindi.






Report Page