Gaymorit qanday kasallik?

Gaymorit qanday kasallik?

LOR Ulmasov Bisyorbek

Gaymorit – yuqori jagʻning gaymor boʻshligʻi yalligʻlanishi kasalligidir

Gaymorit sabablari

Burunning yondosh gaymor boʻshligʻi yalligʻlanishiga infeksiya olib keladi Tibbiyotda gaymorit kelib chiqishiga olib keluvchi bir necha faktorlar farqlanadi:

• Infeksion – yalligʻlanishli kasalliklar, masalan tishlardagi kariyesni davolamaslik;

• Burun toʻsigʻida patologik oʻzgarishlar;

• Doimiy issiq va quruq havo bilan nafas olish, ayniqsa zararli moddalar bilan ishlaganda;

• Organizmning uzoq vaqt sovuq qotishi;

• Burun yoʻllarida va boʻshligʻida poliplar boʻlishi;

• Tashqi omillarga reaksiya – allergiya;

•  Zamburugʻli kasalliklar.

Gaymorit kasalligi belgilari:

• Burundan ajralayotgan shilliq rangi “sargʻimtir-jigarrang” boʻladi, bu yiring borligidan dalolat;

• Pastga egilganda peshona va yuzda ogʻriq boʻlishi;

• Bosh ogʻriqlari kasallik boshlanishida faqatgina harakat qilganda boʻlsa, keyinchalik tinch holatda ham kuzatiladi;

• Nafas olish qiyinlashadi, baʼzida quruq yoʻtal ham boʻladi.

Bundan tashqari, inson umumiy intoksikatsiya belgilarini ham sezadi – holsizlik, uyquchanlik, charchash, koʻngil aynashi, ish qobiliyati pasayishi.

• Kasallikning oʻtkir kechishida tana harorati yuqori kritik koʻrsatkichlarda boʻladi;

• Gaymoritning surunkali formalarida tana harorati deyarli koʻtarilmaydi, xuruj davridagina subfebril koʻrsatkichlarda boʻlishi mumkin.

Gaymoritning asoratlari

Koʻpgina bemorlar kasallikning jiddiy ekanligini inkor etishadi, shunchaki shamollash oʻtib ketadi deb oʻylashadi. Aslida, gaymorit belgilarini inkor etish ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ular quyidagilar:

• Oʻtkir gaymoritning surunkali shakliga oʻtishi;

• Oʻrta quloq yalligʻlanishi;

• Sepsis;

• Bosh miyaning yalligʻlanishi va boshqalar.

Gaymoritni oldini olish

• Sovuq qotmaslik;

• Immun tizimni oshiruvchi mashqlarni muntazam bajarish;

• Shamollashni erta bosqichlaridayoq davolash;

• Ogʻiz boʻshligʻi gigiyenasiga rioya qilish.

Gaymoritning davosi

Gaymoritni davolashda bir qator davo usullari boʻlishiga qaramay, aniq bir chora koʻrish uchun klinik tekshiruvlar yordamida kasallik keltirib chiqargan sababni aniqlash kerak boʻladi.

Report Page