GameDev Gyote 2022
@salihoff🕹O'yinlarni yaratish - dunyodagi eng qiziqarli kasblardan biri! Aynan shuning uchun biz barcha qiziquvchilarga o'yinlar yaratishning qiziqarli dunyosiga sho´ng´ish imkoniyatini berishni xohlaymiz!
30 aprel soat 16:00 GameDev Gyote o´zining uchinchi mavsumini boshlaydi. GDG O‘zbekistondagi birinchi, o‘yinlarni yaratish inkubatoridir. Dastlabki 2 mavsumda loyiha ishtirokchilari 30 dan ortiq o‘yinlar yaratdilar va o‘nlab qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritdilar. Yangi mavsum Payme tomonidan qo'llab-quvvatlangan holda o´z ustunligini oshiradi!
💣Loyiha doirasidagi eng yaxshi oʻyin yaratuvchilari uchta Xbox Series S yoki Payme’dan 10 000 000 soʻm miqdoridagi grantlardan birini yutib olish imkoniyatiga ega boʻladilar.
GDG 2022 ochilish marosimi Toshkentdagi Gyote instituti hududida bo‘lib o‘tadi.
Dastur:
16:00 - "Unity dasturida o'yin yaratish" mahorat darsi
18:00 - Inkubatorning ochilishi
18:45 - O'tgan mavsum ishtirokchilarining o'yinlari namoyishi
19:30 - Kofe-breyk va ishtirokchilar bilan muloqot
📍 Tadbirda ishtirok etish bepul, roʻyxatdan oʻtish shart. Isthirokchilar 12 yoshdan qabul qilinadi
📝 Tadbirga MegaSkill bot orqali ro'yxatdan o'tish