G‘alvir

G‘alvir

Ozodbek Rajabboyev

“G‘ALVIR” TURNIRI NIZOMI

1. Umumiy qoidalar

1.1. “G‘ALVIR” — bilim va mantiqqa asoslangan, saralash hamda pley-off bosqichlarida o‘tkaziladigan zakovat turniridir.

1.2. Turnirning asosiy maqsadi — Urfon intellektual klubida kuchli jamoalarni aniqlash, mashg‘ulot o‘yinlari orqali ishtirokchilar salohiyatini baholash.

1.3. Turnir ushbu Nizom asosida o‘tkaziladi va barcha ishtirokchilar uchun majburiy hisoblanadi.

2. Ishtirokchilar

2.1. Turnirda har tur ko‘pi bilan jami 20 ta jamoa ishtirok etadi.

2.2. Har bir jamoa belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishi shart.

2.3. Har turdan oldin ro‘yxatdan o‘tish uchun havola beriladi.

3. Turnir formati va bosqichlari

Turnir saralash bosqichi va pley-off bosqichlaridan iborat.

3.1. Saralash bosqichi. Barcha bosqichda jamoalar yozma tarzda savollarga javob berishadi.

3.1.1. Saralash bosqichida barcha jamoalar ishtirok etadi.

3.1.2. Saralash bosqichi 10 ta savoldan iborat bo‘ladi.

3.1.3. Saralash natijalariga ko‘ra eng yuqori natija ko‘rsatgan 8 ta jamoa pley-off bosqichiga yo‘l oladi.

3.1.4. 8 jamoani aniqlashda reyting ballarga qaraladi. Reyting ballarda ham tenglik kuzatilsa qo‘shimcha savol o‘qiladi.

3.2. Pley-off bosqichi

Pley-off bosqichi juftlik (knock-out) tizimida o‘tkaziladi va chorak final, yarim final hamda finaldan iborat bo‘ladi.

3.2.1. Chorak final

3.2.1.1. Chorak finalda saralash bosqichida 1–8-o‘rinlarni egallagan 8 ta jamoa ishtirok etadi.

3.2.1.2. Chorak final juftliklari quyidagi tartibda shakllantiriladi:

1-o‘rin — 8-o‘rin

2-o‘rin — 7-o‘rin

3-o‘rin — 6-o‘rin

4-o‘rin — 5-o‘rin

3.2.1.3. Chorak final bahsi 10 ta savol asosida o‘tkaziladi.

3.2.1.4. G‘olib jamoalar yarim final bosqichiga yo‘l oladi.

3.2.2. Yarim final

3.2.2.1. Yarim final juftliklari oldindan belgilangan pley-off setkasi asosida quyidagicha tashkil etiladi:

1–8 juftligi g‘olibi — 4–5 juftligi g‘olibi

2–7 juftligi g‘olibi — 3–6 juftligi g‘olibi

3.2.2.2. Yarim final bahsi 10 ta savol asosida o‘tkaziladi.

3.2.2.3. G‘olib jamoalar final bosqichiga chiqadi.

3.2.3. Final

3.2.3.1. Final bahsi yarim final g‘oliblari o‘rtasida o‘tkaziladi.

3.2.3.2. Final 10 ta savol asosida o‘tkaziladi.

3.2.3.3. Final g‘olibi “G'alvir” turniri chempioni deb e’lon qilinadi.

3.2.3.4. Tashkilotchilar qaroriga ko‘ra, yarim finalda mag‘lub bo‘lgan jamoalar o‘rtasida 3-o‘rin uchun bahs o‘tkazilishi mumkin (10 savol).

3.3. Savollar soni

Turnir davomida jami:

Saralash bosqichi — 10 ta savol

Chorak final — 10 ta savol

Yarim final — 10 ta savol

Final — 10 ta savol

Jami: 40 ta savol

4. Super final

4.1. G‘alvir o‘yinida g‘olib bo‘lgan jamoa bilan TV o‘yinidek hisob 6 gacha bo‘lgan o‘yin o‘tkaziladi. Savollar soni 11 ta

4.2. Super final ishtirokchi jamoasida kamida 5 kishi bo‘lishi kerak. Jamoada odam soni 5 kishidan kam bo‘lsa o‘yin o‘tkazilmaydi.

4.3. Savollar 1dan 11 gacha raqamlanadi. Jamoa esa raqam aytadi, boshlovchi o‘sha raqam ostidagi savolni o‘qiydi.

4.4. Vabank jamoa yutqazayotgan holatda bir kishi qolib vabankda o‘ynashi mumkin. O‘sha savol topilsa 6:0 yoki aksincha.

4.5. Super finaldagi natijalarga qarab yakunda eng yaxshi natija ko‘rsatgan jamoa bilan mavsum o‘yini tashkil etiladi.

5. Nizomga o‘zgartirish kiritish

5.1. Tashkilotchilar zarurat tug‘ilganda ushbu Nizomga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega.

5.2. Barcha o‘zgarishlar o‘yin boshlanishidan oldin ishtirokchilarga ma’lum qilinadi.

6. Yakuniy qoidalar

6.1. Ushbu Nizomda ko‘zda tutilmagan holatlar bo‘yicha qaror tashkilotchilar tomonidan qabul qilinadi.

6.2. Turnirda ishtirok etish ushbu Nizom shartlariga to‘liq rozilik bildirilganini anglatadi.

Turnir har hafta shanba kuni o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. Albatta zakovat ligalariga halaqit qilmaydigan vaqtda.

@urfonklubi

Report Page