G'alaba muborak bo'lsin!

G'alaba muborak bo'lsin!

Lobar Turayeva PR manager

Har bitta mukammal egallangan bilim vaqti kelib, o'z g'alabasiga erishadi. Tinimsiz harakatlar natijasida yuksak marralarni zabt etayotgan yoshlarimiz soni kundan-kunga ortib bormoqda. Albatta bu muvafaqqiyatlar izlanishlar,intilishlar samarasidir.KHISO maktabining bir qator iqtidorli o'qituvchi va o'quvchilarining bugungi g'alabasi barchamizni quvontirdi, albatta. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha komissiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli yigitlarini fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalari va huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq respublikamizdagi 28 nafar iqtidorli yigitlar bu yilgi mukofot sovrindorlari bo'lishdi.

Khiso maktabi

Ular qatorida KHISO maktabi o'qituvchisi Imomov Jasurbek Axrorjon o‘g‘li va maktabimizda Xalqaro olimpiadalarga tayyorgarlik ko'rgan iqtidorli o'quvchimiz Norboyev Jahongir Jo'rabek o'g'lilarning borligi barchamizning yutug'imizdir.

Khiso maktabi

Shuningdek,mart oyida KHISO maktabi o'qituvchisi Rajabova Nilufar Komiljonovna 2020-yilgi Zulfiya mukofoti sovrindorlari qatoridan o'rin olgan edi.

Khiso maktabi

Yutuqlarga erishgan ustozlarimizni, iqtidorli yoshlarimizni bugungi g'alabalari bilan muborakbod etamiz va ularga bundan-da katta muvafaqqiyatlar tilaymiz.Zero,e'tirofning eng yaxshisi bu-bilim uchun berilgan e'tirofdir.


Lobar Turayeva

KHISO maktabi Matbuot kotibi

Khiso maktabi


Report Page