GTW

GTW

ISFT

15–17 may kunlari Global Tech Week (GTW) texnologik festivali bo‘lib o‘tdi.

Global Tech Week — talabalar, startaplar, tadbirkorlar va innovatsion ekotizim vakillarini birlashtirgan texnologik festival bo‘ldi.

GTW doirasida ISFT startap madaniyati, texnologik rivojlanish va talaba loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslarini taqdim etdi. Shuningdek, talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, amaliy loyihalar hamda tadbirkorlik fikrlashi va raqamli yechimlar yaratish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan faoliyatlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, ISFT AI Station bilan hamkorlikda maxsus hands-on sessiya tashkil etildi:

GLOBAL TECH WEEK: From Idea to Digital Product

Sessiya davomida ishtirokchilar AI vositalari yordamida g‘oyani raqamli mahsulotga — lending, platforma, MVP yoki prototipga aylantirish jarayoni bilan tanishdilar hamda vibe coding yondashuvini amaliy tarzda o‘rgandilar.

Global Tech Week’da biz bilan birga bo‘lgan barcha ishtirokchilarga rahmat!

Report Page