GO‘ZAL YURT FARZANDI EKANLIGIMDAN FAXRLANAMAN!

GO‘ZAL YURT FARZANDI EKANLIGIMDAN FAXRLANAMAN!


Joriy yilning 28 iyun kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va bu yig‘ilishda men ham ishtirok etib, juda ruhlandim. Davlatimiz rahbari mamlakatimizda so‘nggi yetti yil yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda “katta sakrash davri” bo‘lganini ta’kidladilar. Shu yetti yil ichida yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qaror qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyoz berilganligi biz yoshlarning e’tibor va e’tirofda ekanligimizni ko‘rsatadi. Birgina ta’lim kreditidan 151 ming yoshlar foydalanganligi va ehtiyojmand oiladan bo‘lgan yana 110 ming talabaning kontraktini to‘lashga 332 milliard so‘m ajratilganligi ham boshqa biror yurtda uchramaydigan imkoniyat deb o‘ylayman. Buning natijasida oliy ta’limda qamrov 9 foizdan 42 foizga, oliygohlar soni esa 77 tadan 212 taga yetganligi alohida e’tirof etildi va davlat rahbarimizning tashabbuslari bilan endilikda oliygohlarning birinchi va ikkinchi kurslaridagi fanlar texnikumlar bilan uyg‘unlashadi. Shuningdek, Nogironligi bo‘lgan yoshlarga chet tilidan imtihon topshirish yengillashadi. Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi va bularning barchasi biz yoshlarning e’tibor va e’tirofda ekanligimizni ko‘rsatadi.

Yoshlarni mana shunday qo‘llab quvvatlaydigan go‘zal yurt farzandi ekanligimdan faxrlanaman va yoshlar siyosatiga doir amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisi bo‘lishga harakat qilaman.

 

Buxoro davlat universitetining

2-bosqich tayanch doktoranti

Pulatova Mohichehra Temirovna

Report Page