GKS haqida batafsil!
Advicee AgencyGlobal Koreya Stipendiyasi (GKS) Janubiy Koreya hukumati tomonidan to‘liq moliyalashtiriladigan stipendiya dasturidir. GKS chet el talabalarga Koreyaning nufuzli universitetlarida bakalavr, kasbiy ta‘lim, magistr, doktorantura yoki tadqiqot dasturlarida o‘qish imkoniyatini taqdim etadi.
Bu maqolada GKS-G (magister, doktorantura va tadqiqot dasturlari) ni ko‘rib chiqamiz.
GKS ning imtiyozlari
Kontrakt imtiyozi: Bepul o‘qish, har semestrda 5 million KRW gacha qoplanadi.
Stipendiya: 1,300,000 KRW.
Aviachipta: Xalqaro safar uchun chiptalar (ekanom klass).
Joylashishga yordam: Koreyaga kelganda 200 000 KRW gacha beriladi.
Til kursi: Koreys tilini o‘qish uchun bir yillik to‘lov.
Tadqiqot va dissertatsiyalarga yordam: o‘quv va ilmiy-tadqiqot xarajatlarini moliyalashtiriladi.
GKS (magister, doktorantura va tadqiqot dasturlari) doirasida qaysi universitetlar va yo‘nalishlar mavjud?
GKS dasturlari 70 dan ortiq universitetlarda o‘qish imkoniyatini beradi.
Universitetlar: Seul milliy universiteti, KAIST, Yonsei universiteti, Koreya universiteti va boshqa nufuzli muassasalar.
Mutaxassisliklar: dasturlar STEM(Science Technology Engineering MathMathematics) sohalari, san’at, gumanitar va ijtimoiy fanlarni qamrab oladi. Tibbiyot va farmatsiya kabi ba’zi sohalarda cheklovlar bo‘lishi mumkin, shuning uchun abituriyentlar aniq tafsilotlar uchun universitet va sohalar ro‘yxatini ko‘rib chiqishlari kerak.
GKS dasturiga kimlar qatnasha oladi?
Talablar
Millati: Arizachilar va ularning ota-onalari Koreya fuqarosi bo‘lmasligi kerak.
Yoshi: 40 yoshgacha (1984 yil 1 sentyabrdan keyin tug‘ilgan).
Magistrga: Bakalavr yoki unga teng darajaga ega bo'lishi yoki (bitiruvchi) 31-iyulga qadar darajaga ega bo'lishi kerak.
Doktorlikga: Magister yoki unga teng darajaga ega bo'lishi yoki (bitiruvchi) 31-iyulga qadar darajaga ega bo'lishi kerak.
Tadqiqot(Research) uchun: Magistr darajasiga ega yoki (bitiruvchi) 31-iyulga qadar darajaga ega bo'lishi va Koreya universiteti tomonidan taklif qilinishi kerak.
O‘zlashtirish darajasi(Baholar): Minimal (baho/baholash tizimi) 2.64/4.0, 2.80/4.3, 2.91/4.5, 3.23/5.0 80/100 yoki 80% o‘zlashtirish darajasi kerak.
Salomatlik: Nomzodlar yaxshi jismoniy va ruhiy salomatlikda bo‘lishi kerak.
Cheklovlar
Koreya o‘quv yurtlarini (xalqaro maktablar ham kiradi) yoki Koreya universitetini (bakalavriyat yoki magistratura) bitirgan shaxs ariza topshira olmaydi.
Koreya o‘quv yurtlarining onlayn dasturini tamomlagan shaxs ariza topshira olmaydi.
Hozirda Koreya universitetining oxirgi yilida o‘qiyotgan (bitiruvchi) shaxs ariza topshira olmaydi.
Avval Koreya hukumatidan diplom dasturi (kasbiy ta‘lim, bakalavr, magister, va h.k.) uchun grant olgan shaxs ariza topshirishga haqli emas.
GKS ga qanday hujjatlar talab qilinadi?
GKS ariza shakllari.
Shaxsiy bayonot va o‘quv rejasi.
Tavsiyanoma.
Diplom yoki bitiruvchi sertifikati va akademik transkript (Baholar).
Ariza beruvchi va ularning ota-onalari fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat.
Tibbiy holatni belgilash shakli
Tiln bilish sertifikatlari (agar mavjud bo‘lsa, TOPIK, TOEFL yoki IELTS va boshqalar).
Qo‘shimcha hujjatlar: Boshqa sertifikatlar, mukofotlar yoki ilmiy Tadqiqot(Research), ilmiy nashrlar va boshqa yutiq va natijalar.
GKS grantiga nomzodlar qanday tanlanadi?
Universitet va elchixona yo‘nalishlarida jarayon farq qiladi
Universitet yo‘nalishi (University Track)
Bu trek abituriyentlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bitta universitetiga hujjat topshirish imkonini beradi.
(1-bosqich)
Ariza beruvchilar ariza topshirish uchun bitta universitet va mutaxassislikni tanlashlari kerak. Abituriyentlar topshirayotgan universitetlari koʻrsatmalariga amal qilishlari va kerakli hujjatlarni topshirishlari kerak. Agar siz universitet tomonidan tanlansangiz, universitet sizning arizangizni Janubiy Koraya Xalqaro ta‘lim vazirligiga (NIIED) tavsiya qiladi.
Hujjatlar NIIED ga topshirilishi qadar hujjatlardagi kamchilik va hatolarni to‘g‘rilash imkoni bor. Qo‘shimcha hujjatlar ham jo‘natish mumkin.
(2-bosqich)
NIIED universitetlardan hujjatlarni olgandan so‘ng, yakuniy tekshiruv o‘tkazadi va GKS stipendiyasi nomzodlarini tanlanadi va elon qilinadi.
Qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.
Elchixona yo‘nalishi (Embassy Track)
Har bir elchixonaning muddatlari va yoʻriqnomalari farqli bo‘lishi mumkin.
(1-bosqich)
Universitet trekidan farqli, Elchixona yo‘lidagi abituriyentlar uchtagacha universitet va mutaxassislikni tanlashi mumkin. Elchixona yo‘lishidagi Universitet va mutaxassisliklar ro‘yhatini ko‘ring. Ariza va hujjatlar elchixonaga topshiriladi. Elchixona sizning arizangiz va hujjatlaringizni ko‘rib chiqadi. Tanlanganlar keyingi bosqichga o‘tadi.
(2-bosqich)
Agar tanlansang bo‘lsanggiz, elchixona sizning arizangizni Janubiy Koraya xalqaro ta‘lim vazirligi (NIIED) ga tavsiya qiladi. NIIED nomzodlarni ko‘rib chiqadi va grant oluvchilarning yakuniy ro‘yxatini e‘lon qiladi.
(3-bosqich)
Universitetlar nomzodlarni ko‘rib chiqiladi va yakuniy grand nomzodlarini tanlaydi.
GKS (magister, doktorantura va tadqiqot) dasturi muddatlari va vaqt jadvallari.
Agar siz GKS dasturiga ariza topshirishni xohlasangiz, biz bilan bog‘laning!
+998 999 999 446
+998 94 159 98 59