GILAMDAGI DOG` TOG` EMAS, KETKIZSA BO`LADI

GILAMDAGI DOG` TOG` EMAS, KETKIZSA BO`LADI



                             Therapy collection 

RU

Gilam uyimizga fayz beradi, oshdan keyingi “nozikkina” jo`ssamizni, yoshlik sho`xliklari va keksalik injiqliklarini ko`taradi. Kayfiyat o`lgur o`zgaruvchan bo`lsa, bir bolangga jahl qilasan, yo "xabarlar"ni ko`rayotib, televizorga qarata choyni sepvorging keladi. Xullas, hissiyotlarga berilib, atrof-muhitni ifloslantirganingni sezmay ham qolasan.

Oqibatda to`yingga urgutlik ammang sovg`a qilgan gilamda kattagina dog`-da! Gilamni otvorib bo`lmasa, kim bilsin keyingi to`ygacha yana qancha kutish kerak… Bunday paytda nima qilish lozim? Muoammoning yechimi ko`rpacha, yoki dog`ni yo`q qilish haqidagi quyidagi maslahatlarimizda.

Deylik, kinolardagi yirik kompaniya boshlig`idek qahvani mag`rur o`tirib simirayotganingizda, qo`shni itining to`satdan vovillashidan seskanib qahvani to`kib yubordingiz. Endi nima qilasiz? Maslahatimiz, itga javoban vovillab o`tirmay, darhol quruq latta bilan uni artib oling. Shundan so`ng kimyoviy tozalagich yoki sirka eritmasi bilan dog`ni ketkizsa ham bo`ladi.

XXI asrdayam hamon xaridorgir sha’mning tomchilarini tozalayotib “svetchilarni” qarg`ashning foydasi yo`q. Yaxshisi, qoshiqcha bilan mo’mni qirib olingda, qoldiqlarini supurib tashlang. Shundan so`ng, ustiga toza matoqo`yib, illiq dazmolni bosing. Mato erigan mo’m qoldiqlarini o`ziga to`liq shimib olganicha davom eting.

Qorong`uda og`izni topolmay meva, sabzavot sharbati, vino yoki shokoladni to`kvorsangiz, mana bunday suyuqlikni tayyorlang: bir litr suvga bir oshqoshig`i sirka qo`shing. Dog` ustiga sepib, uni quruq latta bilan artvoling.Dog` joyi to`liq quriganidan so`nggina changyutgich bilan tozalang. 

Agar dog`eski bo`lsa, nashatir sizga madadkor. Uning bir qoshig`ini 2 stakan suvga aralashtiring.

Lak-bo`yoqni benzin, uayt-spirit yoki boshqav kuchli kimyoviy moddalar bilan tozalashga shoshilmang. Ular gilamingiz rangini ketkazishi mumkin. Bunday holatda glitserinni dog`ga surtib, 3 soat bo`yoq yumshashini kuting. Shundan so`ng, sirkali yoki sovunli eritmadan foydalanib tozalab oling.

Shalpangquloq mittivoyingiz gilamga yelim to`kkan bo`lsa, butun mahallaga dod-voy qilish shart emas. Glitserin yoki vazelinni uch soatga surtib qoldiring. Ikki stakan suvga aralashtirilgan nashatirga lattani ivitib oling. So`ng, o`sha lattani dog` ustiga qo`yib, uni ikki soatga qoldiring. Qurigach, changyutgichni ishga soling.

Bola –bola-da, ruchka yoki flomaster bilan gilamga naqshlar tushurgisi kelib qoladi. Bunday paytda, paxtani spirtga botirib olib, dog` ustiga bosib-bosib olish kerak. Muhimi, uni ishqalamang. Spirt va oh-vohlaringiz yordam bermasa, glitserin, illiq suv, suyuq sovunni aralashtirib, mana shu eritma bilan gilamni ishqalamasdan tozalang.

Dunyoda hech qachon qon to`kilmasin-u, lekin yangi go`shtni jiz-bizga maydalayotganingizda u qo`chmoqchi bo`lib, gilamga tushsa, bundan yomoni yo`q. O`zi, eng qiyin ketadigan dog` ham shu. Shuning uchun darhol chora ko`ring. Bir ho`l, bir quruq lattani ustiga bosib, qonni shimdirib oling. Qolgan dog`dan qutulish uchun lattaning bittasini endi suv emas, balki vodorod peroksidiga botirib oling va harakatlaringizni takrorlang. Qon allaqachon qotib qolgan bo`lsa, nashatirni ishga soling. 

Xullas, mana shunday oson yo`llar bilan gilam dog`larini ketkizish mumkin. Ehe, bunday maslahatlarimizchi ko`pda-ko`p va ular albatta sizga asqotadi. Shuning uchun tezda safimizga qo`shilingda, bizni kuzatib boring.

O`xshash sahifalar

ISSIQ POLGA GILAM TO`SHASH XAVFLIMI?

Report Page