GILAM PARVARISHINING ASOSIY QOIDALARI

GILAM PARVARISHINING ASOSIY QOIDALARI


RU

Gilamlar, ayniqsa tabiiy tolalardan to`qilganlari alohida parvarishni talab qiladi. Bu haqda “qog`ozcha”sida yozilgan-u, lekin odatda biz uni gilam to`shalganidanoq chiqindiga qo`shvoramiz. Oqibatda oddiygina qoidalarga amal qilmaganimiz tufayli gilam tezda o`z ko`rkini yo`qotadi. Ular haqida bilmasangiz, maslahat berguvchi mana biz bor-da! 

Xullas, 

  • Avvalambor, gilamni quyoshdan asrang, chunki nurlar tufayli ayniqsa tabiiy gilamlarning rangi uchadi. Buning oldini olish imkoni hech ham bo`lmasa, gilamni vaqti-vaqti bilan burib qo`yingki, hamma tomoni birdek o`zgarsin. Uy jihozlari ham gilam ranglari va patiga ta`sir qilgani sababli, xuddi shu ishni tez-tez qilib turish kerak.
  • Changyutgichdan foydalanganda ikki tarafini ham tozalang. Shunda ham changdan, ham ortiqcha patlaridan tezroq qutulasiz.
  • Gilam tozalayotganda kuchli tozalash vositalaridan foydalanmang. Qattiq shchyotkalarni ham unuting.
  • Aytgancha, shchyotka bilan tozalaganda uni patiga qarshi yurgizmang.
  • Tabiiy tolalardan to`qilgan gilamlar suvdan qo`rqishadi. Shuning uchun ularni quruq kimyoviy tozalash shahobchalariga olib borganingiz ma’qul.
  • Sintetik gilamlar tok urmasligi uchun, maxsus vositalardan foydalaning.
  • Gilamni saqlayotganda, uni qayirmasdan, o`ragan holda yotqizib qo`ying. Tabiiy gilamga kuyaga qarshi vosita solib qo`ying.

Avvaliga sizga bermoqchi bo`lgan maslahatlarimiz shular. Bundan ham ko`prog`ini bilmoqchi bo`lsangiz, kanal va sahifalarimizga qo`shiling. Shunda siz gilamlar haqida barchasini bilib olasiz.

O'xshash sahifalar

ПЯТНА НА КОВРЕ: ЗАМЕТАЕМ СЛЕДЫ


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Instagram Facebook Telegram YouTube




Report Page