GERMANIYADA TA'LIM

  GERMANIYADA TA'LIM

Fly Mir Consulting

Assalomu alaykum kanal obunachilari. So'ngi kunlarda qanday qilib O'zbekistondagi o'qishni Germaniyaga ko'chirish mumkinligi haqida ko'plab savollar berilmoqda. Bugun sizlarga shu haqida ma'lumot berib o'tmoqchiman.

Avvalo, O'zbekistondan Germaniyaga ''O'qishni ko'chirish'' O'zbekistondagi bir oliygohdan ikkinchi oliygohga ko'chirishdan tubdan farq qiladi. Chunki boshqa davlat, boshqa sistema va boshqa til. Shuning uchun, agar siz 1-,2- kursni bitirib keyin Germaniyaga o'qishni ko'chirsangiz unda Germaniyada 1-kursdan boshlab o'qiysiz. Chunki O'zbekistonda o'qigan bir yoki ikki kurs sizga Germaniyada yuqori kursda o'qish imkonini bermidi. Agar siz 3-kursni bitirib, keyin o'qishni ko'chirayotgan bo'lsangiz, unda yuqoriroq semester uchun hujjat topshirishingiz mumkin, bunda siz 3 yil davomida o'qigan fanlaringiz ko'rib chiqiladi va sizga o'qishni qaysi semesterdan boshlashingiz mumkinligi haqida xabar beriladi. Agar xohlasangiz 3-kursni bitirib ham Germaniyada yana boshidan boshlab o'qishingiz mumkin. Shuni maslahat bergan bo'lardim, chunki O'zbekistondagi boshlang'ich kursda o'tiladigon fanlar va Germaniyadagi fanlar bir biridan farq qiladi, yuqori kursdan boshlasangiz qiynalib qolishingiz mumkin.

Yana bir ma'lumot, Germaniyada bakalavr odatda 6 semester ya'ni 3 yil davom etadi. Siz o'zbekistonda 1, 2 yoki 3 yil o'qib kelib, birinchi kursdan boshlasangiz ham, 3 yildan qisqaroq muddatda o'qishni bitirishingiz mumkin. Buning uchun O'zbekistonda o'qigan fanlarni universitetda anerkennung qilasiz hamda o'sha fanni germaniyada o'qishdan ozod bo'lasiz. Misol uchun, siz O'zbekistonda 1-kursda linear algebrani o'qigan bo'lsez, Germaniyada ham shu fanni o'qishiz kerak bo'lsa, universitetni Prufüngsamtiga borib, '' oka man bu fandi vatanimda o'qib qo'yganman, betta boshqattan o'qib yuramammi, shundo anerkennung qilib, kreditpunkt berippo'yoring'' deyishiz mumkin. Shunda ular o'qigan faningizni tekshirib, nemislarnikidan farq qilmasa, sizni o'sha fandan ozod qilishi mumkin. Agar fanlar inhaltlich bir biriga to'g'ri kemasa, unda boshqattan o'qish kerak. Shunday qilib, O'zbekistondan Germaniyaga o'qishni ko'chirgan odam, 1-kursdan boshlaydi va O'zbekistonda o'qigan fanlarini anerkennung qildirish orqali Germaniyadagi o'qishini tezroq tugatishi mumkin.

Endi, O'zbekistondagi o'qishni Germaniyaga ko'chirish uchun talabadan ikkita narsa talab qilinadi :

1. Hochschulzugangsberechtigung (Abitur). Germaniyaga o'qishga kirish uchun siz shu paytgacha olgan bilim o'qimoqchi bo'lgan yo'nalish uchun yetarli ekanligini ko'rsatib berishingiz kerak. Buning uchun quyidagi yo'llar mavjud :

a) litsey diplomi + studienkolleg

b) litsey diplomi + O'zbekistondagi yoki boshqa davlatda 1 yil bakalavr yo'nalishi. O'qigan yo'nalishingiz va Germaniyada o'qimoqchi bo'lgan yo'nalishingiz bir biriga o'xshash bo'lishi kerak.

c) kollej diplomi yoki maktab shahodatnomasi + 1 yil bakalavr + studienkolleg. O'qigan yo'nalishingiz va Germaniyada o'qimoqchi bo'lgan yo'nalishingiz bir biriga o'xshash bo'lishi kerak.

d) kollej diplomi yoki maktab shahodatnomasi + 2 yil bakalavr. O'qigan yo'nalishingiz va Germaniyada o'qimoqchi bo'lgan yo'nalishingiz bir biriga o'xshash bo'lishi kerak.

e) Nemis tili chuqurlashtirib o'rgatiladigon maktab shahodatnomasi + studienkolleg.

f) Ayrim hollarda kollej yoki maktabni bitirib ham nemis oliygohlarida o'qish mumkin. Bu boshqa katta mavzu bo'lganligi uchun, bu haqida keyinroq batafsil yozmoqchiman.

Sizda yuqoridagi variantlarning faqat bittasi bo'lsa Hochschulzugangsberechtigung uchun kifoya qiladi.

2. Kerakli til sertifikati. Germaniya universitetlarida darslar odatda nemis tilida bo'ladi. Shuning uchun o'qishga kirishda (yoki o'qishni ko'chirishda) sizdan C1 darajadagi nemis tilidan sertifikat talab qilinadi. Musiqa, rassomchilik kabi yo'nalishlarda B2 bilan ham o'qish mumkin.

Ba'zi universitetlar (Masalan Ruhr Universität Bochum) o'zlari nemis tili kurslari taklif qiladi, siz avval universitetda nemis tilini o'rganib, keyin o'qishga kirishingiz mumkin. Nemis tili o'rganish davomida siz talaba sifatida ro'yhatdan o'tasiz hamda jamoat transportidan bepul foydalanishingiz mumkin. Afsuski, sizga qonuniy ishlash huquqi berilmaydi.

Agar siz nemis tilini bilmasangiz, unda ingliz tilida o'qish ham mumkin. Lekin bunda imkoniyatlar juda ham kam. Odatda 6 yoki undan yuqori IELTS ball talab qilinadi. Siz o'qimoqchi bo'lgan yo'nalish ingliz tilida ham o'qitiladimi yoki yo'qmi osongina DAAD saytidan bilishingiz mumkin. Buning uchun esa sizga quyidagi videoni ko'rib chiqishni tavsiya qilaman😉 :

https://www.youtube.com/watch?v=hz47ClwxYpg

Quyidagi ma'lumotlarni aytib o'tishim ham maqsadga muvofiq :

1. Hujjat topshirish odatda yozgi semester uchun 15-yanvargacha, qishki semester uchun esa 15-iyulgacha. Sizdan asosan shu yuqoridagi ikkita narsa so'raladi. Hujjatlarni qanday topshirish kerakligi haqidagi ma'lumotni o'zingiz o'qimoqchi bo'lgan universitet saytidan olishingiz mumkin.

2. Tibbiyot, Huquq kabi yo'nalishlarga kirish yoki ''o'qishni ko'chirish'' uchun litsey/kollej/maktab va 1-, 2-, va boshqa o'qigan kurslaringizdagi baholar juda ham yaxshi bo'lishi kerak. Ya'ni hammasini 5 qilishga harakat qiling

3. Agar siz hozirda O'zbekistonda o'qiyotgan yo'nalishda emas, balki umuman boshqa yo'nalishda o'qimoqchi bo'lsangiz, kirish imkoniyatlaringiz karrasiga tushib ketadi. Chunki bu holatda sizning academic backgroundingiz Germaniyadagi yo'nalishga mos emas deb topilish ehtimoli katta. Shuning uchun bir biriga o'xshash yo'nalishga topshirish maqsadga muvofiq.

4. Germaniyada Ausbildung qilganiz universitetga kirishda yordam bermidi. Ausbildungni bitirib, 2-3 yil ishlasangiz unda ba'zi universitetlar sizni qabul qilishi mumkin, lekin buyam savolli holat. Shuning uchun nazariy bilimga e'tiborni qaratgan ma'qul

5. Talabalik yoki til kursi vizasini olish uchun sizdan Germaniyadagi hisob raqamda 10300€ ko'rsatishni so'raydi. Bu pulni faqat oyma oy 830€dan qaytarib olish mumkin, birdaniga qaytarib ololmaysiz.

6. Sizda Hochschulzugangsberechtigung yo'q bo'lsa yoki uzbdagi o'qiyotgan yo'nalishingiz va Germaniyada o'qimoqchi bo'lgan yo'nalishingiz bir biriga to'g'ri kelmayotgan bo'lsa, kanalimizni kuzatib boring. Sizlar uchun ham foydali va kerakli ma'lumotlar berib borishga harakat qilamiz😉.


7. Agar siz O'zbekistonda yoki boshqa davlatda allaqachon bakalavrni tamomlagan bo'lsangiz, unda xohlagan yo'nalishingizda boshqattan bakalavr o'qishingiz mumkin. Yuqorida aytib o'tganimdek, tibbiyot yo'nalishi uchun bakalavrda olgan baholaringiz juda ham yaxshi bo'lishi kerak. 


8. Germaniyada o'qishga kirish uchun yosh chegarasi yo'q, istalgan yoshda o'qishga topshirish mumkin. 


9. O'qishni boshidan boshlasangiz ham, yuqoriroq semesterdan boshlasangiz ham davlat universitetlarida o'qish bepul. 


10. Germaniyaga Ausbildungga kelib, keyin universitetga kirsa ham bo'ladi, Ausbildungni tugatasizmi yoki yo'qmi, buni ahamiyati yo'q.


11. O'qishga kirishda odatda hech qanday imtihon olinmaydi. Litsey, kollej, maktab shahodatnomasi va bakalavrda olgan ballaringizga qarab qabul qilinasiz.


E'tiboringiz uchun tashakkur. 

Manba: ●Germaniya_haqida 

 

Germaniyada o'qimoqchi bo'lganlar uchun foydali malumot. 


Agar til sertifikatingiz va 11000€ puliz bo'lsa, Germaniyada ta'lim olishingizga yordam beramiz.


Report Page