Bugungi kunda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti va uning tarkibidagi bo‘linmalarida xotin-qizlar va erkaklar uchun barcha mehnat sharoitlari yaratilgan bo‘lib, ular teng huquq va imkoniyatlardan foydalanishmoqda.
Birgina institutning markaziy apparati va tarkibiy bo‘linmalarida jami 119 nafar xodim faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lsa, shundan 48 nafarini (40,3 foiz) xotin-qizlar, 71 nafarini (59,7 foiz) erkaklar tashkil etadi.
Institutda gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqidagi statistik ma’lumotlarga nazar soladigan bo‘lsak, ushbu tadqiqot institutida ishga qabul qilish, xodimlarni lavozimlarga tayinlashda va kadrlar zaxirasini shakllantirishda gender tenglikni, teng mehnat sharoitlarini yaratish ishlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilayotganligidan dalolat beradi.
Bugun o‘tkazilgan tadbir ham institutda faoliyat yuritib kelayotgan Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taminlash bo‘yicha Maslahat kengashi faoliyatini tashkil etish masalasiga bag‘ishlandi.
Tadbirda institut yuristkonsultanti Sh. Abduxalilov O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikni ta’minlash masalasi davlat siyosati darajasiga tobora ko‘tarilib borayotganligi, jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek yig‘ilish yakunida Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha Maslahat-kengashi tashkil etildi.