GENDER STEREOTIPLARI – TENGSIZLIK

GENDER STEREOTIPLARI – TENGSIZLIK

@adliyangiliklari

Avval ma’lum qilinganidek, 24-26 avgust kunlari Adliya vazirligi va USAIDning O‘zbekistonda huquqiy islohot bo‘yicha dasturi bilan hamkorlikda, “Xalqaro reyting va indekslarda gender tengligi” mavzusida seminar-trening o‘tkazilmoqda. Bugun mazkur seminar-treningning yakunlovchi kuni bo‘lib o‘tmoqda.

Kunning birinchi yarimida “Jahon gender indekslarini ko‘rib chiqish” mavzusida navbatdagisessiya o‘z ishini yakunladi. Sessiya davomida Insonhuquqlari milliy markazi doktoranti FiruzaXamdamova tomonidan “BMT Qo‘mitasiningayollarga nisbatan kamsitishlarga barham berishbo‘yicha tavsiyalarini amalga oshirish” mavzusidataqdimot orqali trening ishtirokchilari jahon miqiyosdagender tengligini taʼminlash bo‘yicha chora-tadbirlarto‘g‘risida zarur maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.

Bundan tashqari, “Iqtisodiy hamkorlik vataraqqiyot tashkiloti Rivojlantirish markazininggender indeksi va ijtimoiy institutlar” mavzusidaqilingan taqdimot ishtirokchilarda ijtimoiy institutlardaayollarga nisbatan kamsitishlar to‘g‘risida bilim vako‘nikmalar shakllantirishga yordam berdi. Shunialohida ta’kidlash lozim, OECD RivojlanishMarkazining Ijtimoiy institutlar va gender indeksi(SIGI) 180 mamlakatda ijtimoiy institutlarda ayollarganisbatan kamsitishni o‘lchaydi. Qonunlar, ijtimoiyme’yorlar va amaliyotlarni hisobga olgan holda, SIGI transformativ siyosatni o‘zgartirish uchun zarurbo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etish maqsadida gender tengsizligining asosiy omillarini qamrab oladi. SIGI, shuningdek, SDG (Barqaror rivojlanish maqsadlari)5.1.1 “Gender tengligi va ayollar huquqlarinikengaytirishni rag‘batlantirish, amalga oshirish vamonitoring qilish uchun huquqiy asoslar mavjudmiyoki yo‘qmi” monitoringi uchun rasmiy ma’lumotlarmanbalaridan biri hisoblanadi.

Shuningdek, bir qator adliya xodimlari tomonidan Global gender tafovut indeksi to‘g‘risida treningishtirokchilariga maʼlumotlar berildi. E’tiborli jihatishundaki, Global Gender Gap Index–bu gender tengligini o‘lchash uchun mo‘ljallangan indekshisoblanadi va ushbu indeks hisoboti birinchi marta2006 yilda Jahon Iqtisodiy Forumi tomonidan nashretilgan. U “mamlakatlarni ushbu resurslar vaimkoniyatlarning umumiy darajasidan qat’i nazar, o‘zresurslari va imkoniyatlarini erkak va ayol aholisio‘rtasida qanchalik to‘g‘ri taqsimlayotganinibaholaydi”, deyiladi hisobotda.

Kunning ikkinchi yarmida trening ishirokchilariga AQSHning “The World Justice Project” tashkilotitomonidan har yili o‘tkazilib kelinayotgan “The World Justice Challenge” tanlovi haqida atroflichama’lumotlar taqdim qilindi.

​Shundan so‘ng, ekspertlar tomonidattinglovchilarga “The World Justice Challenge” tanloviga arizalarni to‘gri to‘ldirish va taklifetilayotgan tashabbusning qaysi jihatlariga alohidaurg‘u qaratilishi kerakligi ma’lum qilindi.

Egallangan bilim va ko‘niklamarni mustahkamlashyuzasidan tinglovchilarga tanlovga arizalarningto‘ldirilmagan varaqasi berilib, ularni tanlov sharlarigako‘ra to‘g‘ri to‘ldirish vazifanisi yuklatildi.

​Tinglovchilar o‘z guruhlari bilan to‘ldirganarizalarini tushuntirdilar. Bu esa o‘z  navbatidaishirokchilar o‘rtasida qizg‘in bahs munozaragaaylanib ketti. Ta’kidlash joizki, amalga oshirilganguruh mashg‘uloti, ishtirokchilar o‘rtasida yuqoridadarajada bajarildi.

​Barcha mashg‘ulot va topshiriqlar o‘z nihoyasigayetgach, seminar tinglovchilari va ekspertlari o‘rtasidatrening yakunlari sarhisobi amalga oshirildi. 

Shundan so‘ng, seminar-trening tashkilotchilaritomonidan ishirokchilarga sertifikatlar topshirildi. 

 


Report Page