‼️GAZDAN NOTO‘G‘RI FOYDALANIB BAXTSIZ HODISAGA SABABCHI BO‘LMANG!

‼️GAZDAN NOTO‘G‘RI FOYDALANIB BAXTSIZ HODISAGA SABABCHI BO‘LMANG!


Samarqand viloyat Ishtixon tumani Jo‘ra Mahmudov mahallasi Jo‘ra Mahmudov ko‘chasi 8- uy 7 xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro Z.F. xonadoniga qarzdorligi sabab ”aqlli” gaz hisoblagich tabiiy gaz ta’minotini to‘xtatgan. 

Fuqaro gazdan qarzini to‘lash o‘rniga o‘zboshimchalik bilan hisoblagichning old jo‘mragini yechib, rezina shlang yordamida tabiiy gazdan foydalanish vaqtida gaz sizib chiqqan va joriy yilning 29 avgust kuni soat 13:30 larda  chaqnash sodir bo‘lgan .Chaqnash oqibatida fuqaro Z.F ning oila a’zolari kuyish tan jarohatini olgan.  


Hurmatli iste’molchilar!

Gazdan noto‘g‘ri foydalanib oila a’zolaringiz, mol- mulkingizni xavf ostiga qo‘ymang! “Aqlli” gaz hisoblagich “BLOK” holatiga tushib qolmaslik uchun iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshiring!


“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

Report Page