GAZ BALLONINI NAZORAT TAROZISIDA TORTIB OLING!

GAZ BALLONINI NAZORAT TAROZISIDA TORTIB OLING!

“Hududgazta'minot” AJ matbuot xizmati

“Hududgazta'minot” AJ shuni ma'lum qiladiki, iste'molchilarga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlangan “mahallabay” reja-grafik asosida amalga oshirilmoqda. Hozirda barcha iste'molchilarga suyultirilgan gaz onlayn “Е-gaz” tizimi orqali yetkazib berilmoqda.

Shu o’rinda iste'molchilardan o‘zlaridagi mavjud ID-kartalar orqali qabul qilib olayotgan suyultirilgan gaz balloni vaznini maxsus nazorat tarozisi orqali tekshirib olishlarini so‘raymiz. Buning uchun barcha avtotransport vositalari nazorat tarozisi bilan ta'minlangan va suyultirilgan gaz olish jarayonida iste’molchi gaz ballonini o‘lchab berishlarini talab qilishga haqli.

Bugungi kunda foydalanishdagi maishiy gaz ballonlarning bo’sh holatdagi vazni 18-22 kg oralig’ida bo’lib, uning aniq o’lchami har bir maishiy gaz ballonning ustki qismida joylashgan maxsus birkaga o’yib yozilgan. Maishiy gaz ballon bo‘sh holdagi vaznidan tashqari 20 kg suyultirilgan gaz bilan to‘ldirilgan bo‘lishi lozim. Agar ballonda 20 kilogrammdan kam gaz hajmi bo‘lsa, iste'molchidan ushbu ballonni olmasligini va belginlangan me'yordagi gazni berishni so‘rashlarini iltimos qilamiz.

Hurmatli suyultirilgan gaz iste'molchilari!

Agar sizga yetkazib berilayotgan suyultirilgan gaz vaznida kamchiliklar yoxud naqd pul asosida onlayn to‘lovsiz gaz yetkazib berilishi aniqlansa, “Hududgazta'minot” AJning kecha-kunduz ishlovchi 1104 koll-markaziga hamda Facebook ijtimoiy tarmogʼining “Gaz taʼminoti muammolari va ularni hal etish yoʼllari” guruhiga murojaat qoldirishni eslatib o‘tamiz.

 




Report Page