MIROBOD TUMANIDA HAM "GASTRONOMIK KO'CHA" TASHKIL ETILADI

MIROBOD TUMANIDA HAM "GASTRONOMIK KO'CHA" TASHKIL ETILADI

Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko'chasi

Joriy yilning 27-fevral kuni Prezident boshchiligida Toshkent shahrida sanoat, infratuzilma va turizmni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish natijalariga asosan ilgari surilgan takliflar ma'qullanib, poytaxtimizda "gastronomik ko'cha"lar tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Ushbu topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida 1-mart kuni Toshkent shahar hokimi o'rinbosari F.Davrukov, Mirobod tuman hokimi A.Sayfutdinov mutasaddi tashkilotlar xodimlaridan iborat ishchi guruh bilan birgalikda Mirobod tumani Taras Shevchenko ko'chasida "gastronomik turizm"ni yo'lga qo'yish bo'yicha o'rganish ishlari olib borildi. Jumladan ko'chaning umumiy holati, tabiiy va texnik ko'rinishi, imkoniyati hamda mavjud salohiyatlari ko'zdan kechirildi. Gastronomik ko'cha tashkil etish bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi.


Report Page