"GASTRONOMIK KO'CHA" TASHKIL ETISH BO'YICHA ISHLAR BOSHLANDI

"GASTRONOMIK KO'CHA" TASHKIL ETISH BO'YICHA ISHLAR BOSHLANDI

Toshkent

Joriy yilning 27-fevral kuni Prezident boshchiligida Toshkent shahrida sanoat, infratuzilma va turizmni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish natijalariga asosan ilgari surilgan takliflar ma'qullanib, poytaxtimizda "gastronomik ko'cha"lar tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berildi.


Ushbu topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida 29-fevral kuni Toshkent shahar hokimi o'rinbosari F.Davrukov, Yashnobod tuman hokimi B.Raxmankulov mutasaddi tashkilotlar xodimlaridan iborat ishchi guruh bilan birgalikda Yashnobod tumani Sultonali Mashhadiy ko'chasida "gastronomik turizm"ni yo'lga qo'yish bo'yicha o'rganish ishlari olib borildi. Jumladan ko'chaning umumiy holati, tabiiy va texnik ko'rinishi, imkoniyati hamda mavjud salohiyatlari ko'zdan kechirildi. Gastronomik ko'cha tashkil etish bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi.



Ushbu manzilda hozirda faoliyat ko'rsatayotgan turistik ob'yektlar, umumiy ovqatlanish shaxobchalari, restoran-kafelar va savdo-servis obyektlarini tartibga keltirish, sayyohlar uchun qo'shimcha xizmat ko'rsatadigan shart-sharoitlarni yaratish hamda kelgusida ushbu manzilga xorijiy va mahalliy sayyohlar oqimini yanada ko'paytirish bo'yicha vazifalar belgilab olindi.





Report Page