Gʻozgʻon shahrida “Probatsiya oyligi” doirasida profilaktik tadbirlar tashkil etildi

Gʻozgʻon shahrida “Probatsiya oyligi” doirasida profilaktik tadbirlar tashkil etildi


Probatsiya oyligi doirasida Gʻozgʻon shahar IIB JXX probatsiya guruhi nazoratida turgan mahkumlar bilan profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Xususan, mahkumlar bilan yakka holda suhbatlar tashkil etilib, muammolari oʻrganildi. Bandligini taʼminlash choralari koʻrildi.

Shuningdek, ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan nazoratdagi shaxslarning ish joylari tekshirildi. Tungi tekshiruvlar davomida ozodlikni cheklash jazosini oʻtayotgan shaxslarning cheklovlarga amal qilayotganligi ularning yashash manzillariga borib oʻrganildi. 

Cheklovlarga amal qilmayotgan, tayinlangan jazolarni oʻtashdan qasdan boʻyin tovlagan shaxslarning jazosi ogʻirrogʻiga almashtirish boʻyicha taqdimnomalar kiritildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Report Page