"Future English in Uzbekistan" - Onlayn Hamjamiyati platformasi
British Council UzbekistanBritaniya Kengashi (British Council), A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda Britaniya Kengashi tomonidan Future English loyihasi doirasida ishlab chiqilgan va ishga tushirilgan O’qituvchilarning Onlayn Hamjamiyati (OTC) platformasi orqali ingliz tili o'qituvchilarining kasbiy rivojlanishini qo'llab-quvvatlash maqsadida yana bir tashabbusga start berdi. Loyiha haqida ko'proq ma'lumotni bu yerda olish mumkin:
https://www.britishcouncil.uz/en/programmes/education/future-english.
Ushbu tashabbus doirasida O'zbekistondagi umumta'lim maktablarining barcha ingliz tili o'qituvchilari uchun malaka oshirishning ikkita dasturini taklif etilmoqda. Bu dasturlar:
Future English in Uzbekistan: Pathways to Excellence -30 soatlik onlayn malaka oshirish kursi ingliz tili o'qituvchilarining o'qitish mahoratini rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu kusrda o'quv natijalarini belgilashning samarali strategiyasi va sinfda xorijiy til qo'llanilishi, o'qishni baholash va maktablarda inklyuziv ta'limga yondashuvlar muhokama qilinadi. Kurs ishtirokchilari ingliz tilini o’qitish sohasidagi yetakchi xorijiy mutaxassislar bilan forumlar, onlayn munozaralar va veb-seminarlar o'tkazadilar, shuningdek o’zlarining e-portfolio va o’qituvchi jurnallarini yuritadilar. Dasturning davomiyligi 10 hafta etib belgilangan.
Future English in Uzbekistan: English for Teaching -63 soatlik onlayn kurs o'qituvchilarning ingliz tilida darsni olib borishda o’zlariga bo’lgan ishonchini, tillarining ravonligini va sinfdagi til ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu kurs tuzilgan til dasturini kommunikativ, o'quvchilarga yo'naltirilgan va reflektiv o'qitish yondashuvlarini kiritish bilan birlashtiradi. Kurs ishtirokchilari grammatikani tahlil qilish, o'qitish, gapirish, tinglash, o'qish, yozish va refleksiv yondashuv ko'nikmalarini rivojlantirishga imkon beradigan turli vazifalar va mashg'ulotlar bilan shug'ullanadilar. Kursdagi vazifalar va topshiriqlar ishtirokchilarga o'z o'quvchilari bilan ishlash uchun mo’ljallangan zamonaviy ingliz tili o’qitish metodologiyasi modellarini taqdim etadi. Dasturning davomiyligi 20 hafta.
Taqdim etilgan onlayn malaka oshirish kurslariga qo'shimcha ravishda, ingliz tili o'qituvchilari ushbu platformaning boshqa imkoniyatlaridan ham foydalanishlari mumkin, xususan, ular oltita maxsus qiziqish guruhiga qo'shilish, elektron portfolioni ishlab chiqish, turli davlatlardagi ingliz tili mutaxassislari bilan har ikki haftada bo’lib o’tadigan jonli veb-seminarlarda qatnashish imkoniyatiga ham ega bo’ladilar. Britaniya Kengashining OTC platformasidagi ushbu dasturlar O'zbekiston bo'ylab boshlang'ich va o'rta maktablarning barcha ingliz tili o'qituvchilari uchun mo’ljallangan.
Har bir dastur muvaffaqiyatli yakunlangach, ishtirokchilarga sertifikat topshiriladi. Har bir dastur uchun ma'lum miqdordagi kredit beriladi.
Boshlang'ich va o'rta maktablarning ingliz tili o'qituvchilari, agar ular quyidagi mezonlarga javob bersa, yuqoridagi ikkita dasturdan biriga ariza topshirishlari mumkin:
Future English in Uzbekistan: Pathways to Excellence kursiga ariza topshirmoqchi bo’lgan nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:
• kasbiy malakasini oshirish uchun haftasiga kamida 3 soat ajratish imkoniyatiga ega bo'lish
• IT -ning asosiy ko'nikmalariga ega bo'lishi (masalan: elektron pochta manzillariga ega bo'lishi, onlayn akkauntga kira olishi, forum postini yozish, skrinshotlar yordamida batafsil ko'rsatmalarni bajarishi, hujjatlarni yuklay olishi va h.k.)
• ingliz tilini bilish darajasi kamida B1 ga teng bo’lishi
• o'qituvchilar forumlarida faol ishtirok etish
• milliy va xalqaro miqyosda boshqa o'qituvchilar bilan faol aloqaga kirishish va fikr almashish
• o'qitish amaliyotida yangi kontseptsiyalarni qo'llashga tayyor bo'lish va ularning ta'siri va samaradorligi to'g'risida muntazam fikr yuritish
Future English in Uzbekistan: English for Teaching kursiga ariza topshirish uchun talablar:
• kasbiy rivojlanish uchun haftasiga 3-5 soatgacha vaqt ajratish
• IT -ning asosiy ko'nikmalariga ega bo'lish (masalan: Elektron pochta manzillariga ega bo'lish, onlayn accaunt ochish, forum postini yozish, skrinshotlar yordamida batafsil ko'rsatmalarga amal qilish, hujjatlarni yuklash va h.k.)
• ingliz tilini bilish darajasi A2 teng bo’lishi
• o'qituvchilar forumlarida faol ishtirok etish
• milliy va xalqaro miqyosda boshqa o'qituvchilar bilan faol aloqaga kirishish va fikr almashish
• sinfda xorijiy til ko'nikmalarini yaxshilashga tayyor bo'lish
• o'qitish jarayonida yangi texnika va strategiyalarni sinab ko'rishga tayyor bo'lish va ularni o'quvchilarning ta'limiga ta'siri va samaradorligi to'g'risida fikr yuritish
Ushbu onlayn malaka oshirish kurslarida ishtirok etishni xohlovchilar 2021-yilning 7-sentabr sanasiga qadar onlayn ariza topshirishlari so’raladi.