Futbol bo'yicha "Dekan kubogi" musoboqalari o'tkazilmoqda

Futbol bo'yicha "Dekan kubogi" musoboqalari o'tkazilmoqda


   Davlarimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning Ikkinchi yo'nalishi Yoshlar o'rtasida sportni rivojlantirish maqsadida Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Iqtisodiyot va agrotexnologiya fakulteti talabalari o'rtasida sportning Futbol turi bo'yicha "Dekan kubogi" musobaqasining ilk o'yinlari bo'lib o'tdi. 

   O'yinlarni Biotexnologiya, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi fakulteti tyutori N.Qo'chqorov odilona olib bordi. Qura tashlash yo'li bilan qaysi jamoalar birgalikda o'yin olib borishi aniqlandi va o'yinlarga start berildi.

   Ushbu musoboqaning birinchi o'yini fakultetning uchinchi bosqich talabalarining terma jamoasi va 201-guruh jamoasi o'rtasida bo'ib o'tdi va 1:2 hisobida 201-guruh jamoasi keyingi bosqichga yo'llanma oldi. Ikkinchi o'yin esa, 104-guruh jamoasi va 202-guruh jamoalari o'rtasida bo'lib o'tdi. O'yin natijalariga ko'ra, hisob teng holda yakunlandi va penaltiylar seriyasida 4:2 hisobi qayd etilib, 104-guruh jamoasi oldinga chiqib oldi. Uchinchi o'yin 103-guruh jamoasi va 203-guruh jamoalari o'rtasida o'tkazildi va 3:2 hisobi qayd etildi.

Biz kelgusi o'yinlarda ham 103-guruh jamoasining yana bir chiroyli o'yinlariga guvoh bo'lamiz. Siz ham biz bilan Futbol musobaqalariga guvoh bo'ling va "Dekan kubogi" sohiblarini biz bilan kuzatib boring!


@SamVMI_Sport_klubi

Report Page