Futbol: “Paxtakor” klubida bosh murabbiy oʻzgardi, “sherlar”ni yana xorijlik mutaxassis boshqaradi

Futbol: “Paxtakor” klubida bosh murabbiy oʻzgardi, “sherlar”ni yana xorijlik mutaxassis boshqaradi


Oʻzbekiston chempionatining amaldagi gʻolibi Toshkentning “Paxtakor” klubi boshqaruvida oʻzgarish boʻldi. Klub rahbariyati oʻtgan mavsum jamoani 14-chempionlik sari yetaklagan gollandiyalik mutaxassis Piter Xyuistra bilan shartnomani uzaytirmadi. Uning oʻrnini Shimoliy makedoniyalik mutaxassis Slavche Voyneski egalladi.


47 yoshli murabbiy “Paxtakor” klubi bilan 2022-yilning oxiriga qadar moʻljallangan shartnomaga imzo chekdi. Bitim tomonlarning xohishi bilan mavsum davomida uzaytirilishi mumkin.


Voyneski Shimoliy Makedoniyada turli yosh toifasidagi terma jamoalarda uzoq muddatli faoliyati bilan tanilgan. U 1999-2004-yillar oraligʻida oʻsmirlar va yoshlar terma jamoasida ishlagan. 2004-09-yillarda esa milliy terma jamoada yordamchi murabbiy sifatida mehnat qilgan. Asosan tajribali murabbiylar Srechko Katanes va Drago Kanatlarovskiga yordam bergan. Shundan keyin Turkiyada “Elazigspor”, “Genchlerbirligi”, “Gaziantepspor” hamda “Rizespor” klublari murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan. 2019-yilda Slovakiyaning “Sered” klubida bosh murabbiy sifatida ishlagan. U yoshlar bilan ishlash tizimini yaxshi yoʻlga qoʻyishi orqali tanilgan.


Slavche Voyneskiga “Paxtakor” klubidagi faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz.


Report Page