Fuqaroning portaldagi murojaatiga asosan sayyor xizmat ko‘rsatildi

Fuqaroning portaldagi murojaatiga asosan sayyor xizmat ko‘rsatildi

https://t.me/andijondavlatxizmat

Shahrixonlik Nabijon Rahimov joriy yilning 15 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ishonch telefoni orqali o‘ziga ajratilgan yer maydoniga molxona qurilishi bo‘yicha Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgani, biroq rad javobini olgani bildirib, ushbu masalada amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

DXA viloyat boshqarmasi xodimlari Nabijon Rahimovning xonadoniga borib, murojaatini tegishli tartibda o‘rganib chiqdilar.

- 2015 yilda menga tuman hokimligi tomonidan Parrandachilik yo‘nalishi bilan shug‘ullanishim uchun 1.5 gektar miqdorida yer maydoni ajratib berilgan,- deydi Nabijon Rahimov. - Joriy yilning iyun oyida xo‘jalik faoliyat turimni o‘zgartirishni maqsad qilib, 100 bosh o‘rinli molxona qurilishi uchun ruxsatnoma so‘rab Markazga murojaat qildim. Oradan ikki oy o‘tsada negadir murojaatimga javob ololmadim. Mutaxassislar parrandachilik uchun ajratilgan yerda molxona qurishga ruxsat berilmasligini aytishdi. Shundan keyin e’tirozimni portal orqali bildirdim. Boisi mening xo‘jaligim nizomida O‘zbekistonda man etilgan tovarlarni ishlab chiqarishdan tashqari barcha faoliyat turlari bilan shug‘ullanishim mumkin. Mana Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi xodimlari kelib, qonuniy tushunchalar berishdi.

O‘rganish yakunida Shahrixon tuman Davlat xizmatlari markazi hamda Qurilish bo‘limi xodimlari tomonidan Nabijon Rahimovga shu yerning o‘zida sayyor xizmat ko‘rsatildi.

DXA viloyat boshqarmasi
axborot xizmati
.

Report Page