Fuqaroning foto, videolarini tarqatmaslik evaziga $ 10 ming talab qilgan shaxs ushlandi

Fuqaroning foto, videolarini tarqatmaslik evaziga $ 10 ming talab qilgan shaxs ushlandi

IIBB Axborot xizmati

Toshkent viloyati IIBB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻlimi tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirda, ayolning foto va videolarini ijtimoiy tarmoqda tarqatib, sharmanda qilmaslik evaziga undan 10 000 AQSH dollari talab qilgan shaxs daliliy ashyo bilan ushlandi.

IIBB Axborot xizmati

Maʼlum boʻlishicha, 15 avgust kunidan boshlab nomaʼlum fuqaro 1992 y.t. M.X. (Parkent tumanida yashovchi ayol)ga telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali xabar yozib, agar 10 ming AQSH dollari bermasa uni giyohvand modda sotuvchi ayol sifatida tasvirlab, foto va videolar tarqatishi, qamatish va oilasini buzib sharmanda qilish bilan tahdid qilib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan surishtiruv davomida tezkor xodimlar tomonidan nomaʼlum fuqarolarning shaxsi aniqlangan va tezkor tadbirda u ayoldan talab qilingan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati

Hozirda mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIBB Axborot xizmati




Report Page