Fuqarolarning murojaatlari – doimo e’tiborda
https://t.me/natlibuz2023-yil 31-iyul kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqilishi 6-oylik tahlili bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev lavozimiga kirishgandayoq bir fikrni ta’kidlagan edi: Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak.
Bu tamoyil davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi etib belgilandi. 2017-yil 12-sentabrda O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida O‘RQ-445-son Qonuni
va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 7-maydagi 341-son Qarori qabul qilindi.
Davlatimiz rahbarining tashabbusiga asosan mamlakatimizda
odamlar bilan toʻsiqlarsiz doimiy muloqotni amalga oshirish tizimi yaratildi.
Buning uchun har bir tuman va shaharda Prezidentning Xalq qabulxonalari tashkil etildi.
Prezident va boshqa rahbarlar hududlarda aholi bilan ochiq muloqotlar oʻtkaza boshladi. Virtual va Xalq qabulxonalari hamda jonli uchrashuvlarda fuqarolar muammolarini Prezidentga toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazish va ularni zudlik bilan hal etish tizimi ish boshladi.
Joylarda barcha darajadagi rahbarlar bilan jonli muloqotlar va sayyor qabullar yo‘lga qo‘yilgani odamlarda muammolarini hal qilish mumkinligiga katta umid va ishonch uyg‘otdi. Davlat idoralari quyi tizimga tushib, aholi ehtiyojlari va talablari asosida ishlashni boshladi.
Xalq qabulxonalari orqali va sayyor qabullarda ko‘tarilgan dolzarb muammolar tahlili ko‘plab islohotlarga ham sabab bo‘ldi.
Yig‘ilishda fuqaro murojaatlari bilan ishlashning bugungi holati muhokama qilindi.
2023 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga
26 fuqaro murojaati kelib tushgan va ularni hammasi Milliy kutubxona va Viloyatlar axborot-kutubxona markazlari ma’sul xodimlari tomonidan ko‘rib chiqilgan va ijobiy hal etilgan. 26 murojaatdan 16 ariza (yoki iltimosnoma), 7 – shikoyat, 3 – taklif .
2023 yilning birinchi yarmida kelib tushgan 26 murojaatlardan
7 murojaat – Toshkent shahrida yashovchi fuqarolardan, 4 – Samarqand viloyati, 3 – Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari, 2 – Jizzax, Navoiy va Farg‘ona viloyatlari, 1 – Buxoro, Xorazm va Toshkent viloyatlaridan.
2022 yilning birinchi yarmida kelib tushgan 12 murojaatlardan
8 murojaat – Toshkent shahrida yashovchi fuqarolardan, 1 – Andijon, Samarqand, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan.
O‘zbekiston Milliy kutubxonаsigа viloyatlardan kelib tushayotgan murojaatlarni to‘liq, xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqish maqsadida Milliy kutubxona ma’sul xodimlari tomonidan muntazam ravishda joylarga chiqqan holda arizalar o‘rganib kelinmoqda va tegishli ishlar (tadbirlar) amalga oshirilmoqda.
Masalan, Navoiy viloyati, Karmana tumani, Do‘stlik mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro X.Bobomurotovga kutubxona ochish uchun O‘zbekiston Milliy kutubxonasining zahira-almashuv fondidan 223 nomda 500 nusxada kitoblar beg‘araz taqdim etildi.
A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazining o‘quv zallarida foydalanuvchilar uchun
4 dona yangi konditsioner va suv kulerlari o‘rnatildi.
Bundan tashqari, 2023-yil 21-iyun kunidan boshlab Qashqadaryo viloyat axborot-kutubxona markazida ish vaqti smena tartibiga o‘tkazilib, ertalab soat 08.00 dan kech soat 20.00 gacha belgilangan.
Navoiy viloyati Navoiy shahri Gulzor mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro Kuyliyeva Dilafruz Muzafarovnaning (Navoiy viloyat axborot-kutubxona markazi xodimi) oilaviy sharoiti o‘rganilib, fuqaroga Navoiy viloyat axborot-kutubxona markazining maxsus fondidan 25% ustama to‘lanishi tasdiqlandi hamda buyrug‘i ishlab chiqildi.
Jizzax viloyati, Yangiobod tumani, Yangiobod mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro Ismoilov Muhammadjon Umarqul o‘g‘li (Jizzax viloyat Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimi) bir pog‘ona yuqori lavozimga tayyinlandi.
Toshkent shahar, Mirzo-Ulug‘bek tumani, Olmachi mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro Izzatov Oybek Bahodirovich uchun o‘rnatilgan tartibda “Alohida modda kiritilsa”, “Sportchini og‘dirish jinoyatmi”, “Qomusli el - nomusli el” deb nomlangan maqolalaridan nusxalar tayyorlandi.
Yig‘ilishda mutasaddilar fuqaro murojaatlarini xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqish yuzasidan o‘z fikr va rejalarini bayon etdi.




