ygkbot,

ygkbot,

✉️ Жалоба на имя Директор 

 Мен Жиззах вилояти Зафаробод тумани Бирлик ҚФЙда истиқомат қиламан.Мен яшаб турган уйимни бошқа биров документ қилиб олибди.Ишимни кадастр бошлиғи махаллага келиб сайёр қабул ўтказиб хақиқат қарор топишида амалий ёрдам беришинингизни сўрайман. 

 

 📱 998938290583 

 #Жиззахскаяобласть #Директор

Fuqaro tomonidan ygk.bot ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaatiga rasmiy munosabat.

Murojaat:

Murojaatda muallif, to‘rt yildan buyon yashash xonadaniga kadastr hujjati rasmiylashtirib berilmay bugungi kunda boshqa bir fuqaroning nomiga kadastr hujjati rasmiylashtirib berilganidan norozi bo‘lgan.

Zafarobod tumani, Birlik QFY, A.Rudakiy ko‘chasi, 8-uy 11-xonadonda yashovchi fuqaro Qosimov Farxodning 2021 yil 16 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligiga pm.gov.uz sayti orqali qilgan murojaati mutaxassislar tomonidan muallif ishtirokida o‘rganib chiqildi.

Murojaatda muallif, to‘rt yildan buyon yashash xonadaniga kadastr hujjati rasmiylashtirib berilmay bugungi kunda boshqa bir fuqaroning nomiga kadastr hujjati rasmiylashtirib berilganidan norozi bo‘lgan.

Murojaatni o‘rganish davomida ariza muallifi, 2018 yil aprel oylarida Zafarobod tumani, Birlik QFY, A.Rudakiy ko‘chasi, 8-uy 11-xonadonni fuqaro Mamatmusaev Kamoldan og‘zaki kelishuvga asosan sotib olganligini va o‘sha vaqtdan boshlab ushbu             uy-joyga oilasi bilan ko‘chib kelib yashab barcha kommunal to‘lovlarni to‘lab kelayotganligini  hamda ushbu uy-joyni sotib olgan vaqtida fuqaro K.Mamatmusaevda            uy-joyga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi xech qanday hujjatlari bo‘lmaganligini,   2019 yil 21 iyun kuni Zafarobod tuman hokimining 582-sonli qarori bilan fuqaro K.Mamatmusaevga Zafarobod tumani, Birlik QFY, A.Rudakiy ko‘chasi 8-uy 11-xonadonga mulk huquqi e’tirof etilganligini, mazkur qarorga asosan Davlat kadastrlari palatasi Zafarobod tuman filiali tomonidan 2019 yil  9 avgust kuni fuqaro K.Mamatmusaev nomiga kadastr hujjati rasmiylashtirib 1708225/R-A359832-son bilan davlat kadastr ro‘yxatidan o‘tkazib berilganligini, Zafarobod tuman prokuraturasining 2021 yil 24 fevraldagi               10.2-4-/21-142-sonli protestiga asosan Zafarobod tuman hokimining 2021 yil 4 martdagi 208-sonli qarori bilan Zafarobod tuman hokimining 582-sonli qarorining K.A.Mamatmusaevga mulk huquqini e’tirof etishga oid qismi bekor qilinganligini, bugungi kunda ushbu uy-joyga fuqaro Shomirzaev Rasulga kadastr hujjati rasmiylashtirib berilganligini, fuqaro R.Shomirzaevning sudga ushbu uy-joydan o‘zi va oilasini majburiy tartibda chiqarishni so‘rab qilgan da’vo arizasi 2021 yil 11 noyabr kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax viloyat sudida ko‘rilib, fuqaro R.Shomirzaevning da’vosi qanoatlantirilganligini, mazkur xolatdan noroziligini og‘zaki ma’lum qildi.

Xolatga aniqlik kiritish maqsadida so‘ralganda fuqaro R.Shomirzaev ushbu uy-joy Zafarobod tuman hokimining 1993 yil 28 sentabrdagi Uy-joyni shaxsiy mulk ekanligini tasdiqlovchi 2992-sonli davlat orderiga asosan o‘ziga tegishli ekanligini, mazkur uy-joyni bir necha yil muqaddam fuqaro K.Mamatmusaevga og‘zaki kelishuvga asosan yer maydoniga almashtirganligini, fuqarolar F.Qosimov va K.Mamatmusaev o‘rtasida uy-joy oldi-sotisi bo‘yicha nizosi borligi sababli fuqaro K.Mamatmusaev yer maydonini qaytarib olganligini shundan so‘ng yuqorida ko‘rsatilgan davlat orderiga asosan uy-joyga o‘zining nomiga 2021 yil 15 noyabr kuni kadastr hujjati rasmiylashtirilib, 1708225/R-A1966075-son bilan davlat kadastr ro‘yxatidan o‘tkazib, fuqaro F.Qosimov va uning oilasini uy-joydan majburiy chiqarish bo‘yicha sudga murojaat qilganligini, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax viloyat sudining 2021 yil 11 noyabrdagi hal qiluv qarori bilan murojaati qanoatlantirilganligini, sudning hal qiluv qarorini hali olmaganligini og‘zaki ma’lum qildi.

Mutaxassislar tomonidan ariza muallifiga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi va uning quyi tizimlari sud tomonidan chiqarilgan qarorlarni o‘zgartirish, rad etish va bekor qilish vakolatiga ega emasligi, sudning hal qiluv qarori ustidan hamda uy-joy uchun to‘langan pul mablag‘larini undirish yoki to‘lanmay qolgan pul miqdorini to‘lash sharti bilan uy-joyga bo‘lgan mulk huquqini tiklash masalasida yuqori turuvchi sudga fuqaro K.Mamatmusaevning boshqa bir fuqaroga tegishli bo‘lgan  uy-joyni xech qanday huquq tasdiqlovchi hujjatlarsiz unga sotganligi masalasida huquqni muxofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishi mumkinligi ma’lum qilindi.

Murojaatingizni ko‘rib chiqish natijalaridan norozi bo‘lsangiz, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egasiz.

https://t.me/Jizzax_kadastr_axborot





Report Page