Fuqaro oʻz ixtiyori bilan ikki oʻq otar qurolni topshirdi

Fuqaro oʻz ixtiyori bilan ikki oʻq otar qurolni topshirdi

 IIBB Axborot xizmati

Eslatib oʻtamiz, qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish – BHMning 50 baravarigacha miqdorda jarimadan tortib 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

IIBB Axborot xizmati

Joriy yilning 21-sentyabr kuni Oʻrta Chirchiq tumani “Tuyaboʻgʻiz” MFYda yashovchi 1976-yilda tugʻilgan, fuqaro S.Axmedov Toshkent viloyati IIBBga ariza bilan murojaat qiladi. Arizasida, 2012 yilda vafot etgan qarindoshining uyini tozalayotgan vaqtida buyumlar orasidan 1960-yilda ishlab chiqarilgan 2 dona “Toz-BUM” rusumli, 16 kalibrli, 2 stvolli ov qurollarini matoga oʻralgan holda topib olganini va qurolga tegishli hech qanday hujjatlarni topilmagani uchun oʻz ixtiyori bilan IIOga topshirishini maʼlum qilgan.

Ushbu qurollar shu kunning o’zida tuman IIB xodimlari tomonidan tegishli tartibda rasmiylashtirilib olinadi.

IIBB Axborot xizmati

Avvalroq, PPX xodimlari tomonidan noqonuniy qurol saqlagan fuqaro ushlangani haqida xabar berilgan edi.

IIBB Axborot xizmati



Report Page