Fuqaro murojaati ijobiy yechim topdi

Fuqaro murojaati ijobiy yechim topdi

Namangan viloyati adliya boshqarmasi
Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Mamlakatimizda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimi tubdan takomillashtirilib, fuqarolarning bu boradagi huquq va manfaatlari to‘la ta’minlanmoqda. Namangan viloyati adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rnida ko‘rib chiqilishi esa aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada oshirmoqda. Hozirgi lavhamiz Davlatobod tumani misolida tayyorlangan.

Uychi tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro T.Y.ni tumandagi 45-sonli

umumta’lim maktabidan sog‘ligingizni tiklash uchun moddiy yordam ajratilishida

amaliy yordam so‘rab murojaati o’rganib chiqildi.

O‘rganish davomida tumandagi 45-sonli umumta’lim maktabi Kasaba

uyushmasi qo‘mitasi raisi fuqaroga oilaviy sharoiti va sog‘ligini

tiklash uchun moddiy yordam so‘rab murojaat qilgani, lekin Kasaba uyushmasi

qo‘mitasi raisi moddiy yordam olish bo‘yicha hujjatlarni

tayyorlaganligi va O‘zbekiston ta’lim va Fan xodimlari kasaba uyushmasi Uychi

tumani bo‘linmasi Kengashiga topshirganligi ma’lum qildi.

Biroq, O‘zbekiston ta’lim va Fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman

bo‘linmasi Kengashining hisob raqamlarida murojaat qilingan oy uchun yetarli

mablag‘lar bo‘lmaganligi sababli murojaatchiga to‘lanishi lozim bo‘lgan moddiy yordam

mablag‘lari keyinga oylarga berilishi rejalashtirilganligi aniqlandi.

Uychi tuman adliya bo‘limining aralashuvi bilan fuqaroga moddiy yordam ajratilishi ta’minlandi.

Yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, ularning muammo va masalalarini ijobiy hal etilishiga ko‘maklashish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa fuqarolarning har bir murojaati qonuniylik asosida hal etilayotgani ko‘plab fuqarolarining bugunida rozi ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yarada ortishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.


Namangan viloyati adliya boshqarmasi


 


Report Page