Fuqaro muhofazasi - muhim va ustuvor
Angren shahar hokimligi Axborot xizmatiDavlatimiz rahbarining 2022 yil 18 noyabrdagi “Aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-426-sonli Qarorida tog‘ va tog‘oldi hududlarida ro‘y berayotgan sel oqimlari, toshqinlar va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning soni hamda ko‘lami aholini va hududlarni bunday xavflardan muhofaza qilish choralarini kuchaytirish, shuningdek, davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining bu boradagi hamkorligini yanada takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Mazkur Qaror ijrosini ta’minlashda Angren shahar sektorlar rahbarlari, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan hamkorlikda tegishli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Shahar IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari Abid Aripov shahar FVB bilan hamkorlikda tog‘li hudud “Yangiobod”, “Nishbosh”, “Lashkerak” mahallalarida tabiiy ofat, sel va suv toshqinining hamda xavfli gidrometeorologik hodisalar va geologik jarayonlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etishga tayyorgarlikni oshirish yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqdilar va uni va amalga oshirishni belgilab oldilar.
Bugun 3-sektor rahbari “Yangiobod” mahallasida bo‘ldi va shahar FVB xodimlari bilan tog‘ oldi hududida tatbiq etiladigan chora-tadbirlarni joyiga chiqib o‘rgandilar.