"Frontend Architecture" kursiga o'quvchilar tomonidan "Feedback"
Josh*Frontend arxitekturasi kursiga o'quvchilardan izohlar:
Shahzod Namazbaev
Assalomu alaykum, meni ismim Shahzod. Front-end bo'yicha 5 yillik ish tajribasiga egaman. Ammo, "Front-End architecture" kursi avvalgi tajribamdagi ma'lum bir bo'shliqlarni to'ldira oldi deb bemalol ayta olaman.
Ushbu kursdan olgan manfaatlarim:
- avvalgi ish tajribamdagi va loyihalardagi ba'zi qarorlarni yanayam optimalroq yechim bilan yechish mumkinligi;
- katta loyihalarni boshqarish va ularni biznes talablariga mos shaklda tashkil qilish
- loyihalarni migration qilish usullari va yechimlari
Umuman olganda ushbu kurs raqobatbardosh mutaxassis bo'lish uchun yaxshi resurs deb o'ylayman. Ushbu kursdan olgan bilimlarim orqali kattaroq kompaniyadan offer olishimga sabab bo'ldi
Rustam Nishonboyev
Assalomu alekum.
Kurs haqida fikrim judayam ijobiy, Kursdan juda ko'p manfaat oldim to'lagan pulga 10 baravar arzib yana ortib qoladigan kurs bo'ldi. Bilim har qatdan zo'r singdirildi - tushuntirishlar, samimiylik barchasi judayam zo'r bo'ldi. Alloh rozi bo'sin.
Sarvar Abduganiev
Bu kurs — oddiy “boshlang‘ich kod yozishni o‘rgatish” emas, balki haqiqiy arxitektura darajasidagi bilimlarni berishga qaratilgan.
U sizga qo‘lingizdan ushlab, birma-bir kod yozishni o‘rgatmaydi. Aksincha, mustaqil ishlash, murakkab loyihalarda to‘g‘ri strukturani yaratish va samarali yechimlarni tanlash ko‘nikmasini shakllantiradi.
Kurs davomida siz:
Strukturaviy kod yozish prinsiplarini chuqur o‘rganasiz.
High-level arxitektura yondashuvlarini amalda qo‘llashni bilib olasiz.
Katta loyihalarda scale qilinadigan va qo‘llab-quvvatlash oson bo‘lgan kod yozish usullarini o‘zlashtirasiz.
Real loyihalar uchun optimal texnik va arxitektura yechimlarini tanlashni o‘rganasiz.
Abdulaziz Po'latov
Ассалому алейкум мани исмим Абдулазиз ман Uzinfocom компаниясида Frontend дастурчи болиб ишлиман. Умар Садуллаевни Frondend Architecture курсни олишимга саба фронтенд да котта лоихала кандо тузилиши, курилишини органиш эди. Фронтенд архитектураси боича билимларим коп эмас эди. Даср давомида коп нарсалани органдим Хозирда енги проект бошланвотганида ман уверенно катнашиб, ечимла бериб тузиб чика оламан. Дарсдан ташкари яна коплаб нарсалани гаплашдик, озларини тажрибаларидан коп нарсалани улашдила
Rahimberdiyev Bobur
Assalomu alaykum, ustoz!
Yaqinda sizning Front-end arxitektura kursingizni sotib oldim va bu qarorim to‘g‘ri bo‘lganiga aminman, chunki kurs juda ham manfaatli bo‘ldi. Bu o‘tilgan darslar o‘zbek tilida bundan yaxshisi hozirda yo‘qligi aniq. Har bir dars yaxshi tushuntirilgan, live coding va shaxsiy mindset’ni oshirishga qaratilgan qismi esa kursning eng 🔥 qismi bo‘ldi, deya olaman. Bu bilimlar albatta har bir Front-end dasturchi uchun manfaatli bo‘ladi.
Ajratgan vaqtingiz va o'rgatgan ilmingiz uchun RAXMAT.
Umidjon Toshev
Umar akani frontend architecture kurslariga gap yoq. Senior bo'lishga harakat qilayapganla uchun juda mos kurs ekan. Ancha murakkab mavzularni tushuntirib berdilar. Bu kursni olganimdan juda xursandman
Azamat Axrorxo'jayev
Assalomu alekum, "Frontend arxitektura" kursi haqida ijobiy fikrlar bildira olaman, umuman olganda kurs yaxshi va manfaatli bo'ldi deb hisoblayman. Endilikda bu olingan ko'nikmalarni amalda qo'llash va o'z darajamizni yuqoriga chiqarish qoldi, InshaAllah!
Otajon Makxmasoliyev
Assalom alaykum, Umar ustozga rahmat , ko'p narsani o'rgatdilar, seniorlarga kerak bo'ladigan eng kerakli nuqtalarni ko'rsatdilar, hali yana o'rganadigan narsalarimiz borligini ko'rsatdilar, bergan bilimlari uchun rozi bo'lsin
Jabborov Sardorbek
Kurs plani yaxshi tuzilgan, kursga oid barcha kerakli mavzularga yetarli darajada chuqur kirildi, teoriyadan tashqari live-coding bo'lgani ham zo'r bo'ldi, har xil case'lar ko'rib chiqildi, yetarli darajada qiziq va kerakli ma'lumotlar berildi. Level-up uchun yaxshi kurs. Maslahat qilaman olishni, faqat daraja eng kamida Junior+ bo'lishi kerak bo'masa qiynalib qolish ehtimoli katta manimcha.
Kursdagi o'rganiladigan narsalar aynan hozir zarur bo'lmasligi mumkin, hozirni o'zida qo'llay olmaslik mumkin, lekin kelajakda har xil case'larga yechim topa olish uchun kerak bo'ladi olingan bilimar
Djumabaev Muxammediyar
Assalamu aleykum
Feedback:
Bu kursni soyltib olganim hayotindagi rng togri qaror boldi desam adashmayman. Kurs atiga 1 oy davom etgan bolsa ham undan juda kop bilib oldim, amaliyotda sinab korib ozimda ancha katta osish his qildim. Umar Sadullayev ustozga katta rahmat bilimlari ziyoda bolsin.
Qobuljon Rasuljonov
Kursga qatnashishdan maqsadim — darajamni oshirish va networking qilish edi. Men o‘ylamagan, ammo foydali jihatlaridan biri — o‘zimga bo‘lgan ishonchning oshishi va AI’dan qo‘rqmaslik bo‘ldi.
Garchi kurs davomida barcha mavzularni batafsil o‘rganib, ularni real loyihamda to‘liq qo‘llamagan bo‘lsam ham, ko‘plab yangi texnologiyalar va yechimlar haqida tushuncha va bilimlar hosil bo‘ldi. Endi esa kerakli vaqtda ularni qo‘llay olishimga ishonchim komil. Kurs davomida ish jarayonida va ish topishda foydali bo‘ladigan bir qator lifehack’larni ham o‘rgandim.
Kursni tanlashdan oldin e’tibor berish kerak bo‘lgan jihat shundaki, u asosan nazariyaga asoslangan. Har bir mavzuni kurs davomida yoki undan keyin o‘zingiz mustaqil ravishda chuqur o‘rganib, amaliyotda sinab ko‘rish zarur. Faqat kursdagi bilimning o‘zi yetarli bo‘lmaydi.
Abdulvohid
Assalomu aleykum kurs xaqiya birinchi beradigan fikrm zur!. juda kop yangi narsala .eng muhimi kursdan kuzlagan maqsadim tugri mind-set bn architectura qurishdi urgannim . yomon tarafi ustoz juda qattiqul(xazl). yomon tarafini kurmadim mavzudan tashqari ancha narsa urgatildi mentor tomonidan
Anvarov Bobur
Kurs Juda zo'r ancha narsa o'rgandim, qoganlagayam tavsiya qilaman
Kurs sizga qiziqmi? Batafsil ma'lumot uchun link: Frontend arxitekturasi